• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishning huquqiy asosi yaratildi

    2020-yildan amaliyotga tatbiq etilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Soliq kodeksiga asosan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar soliq siri hisoblanmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, Soliq kodeksiga asosan soliq siri hisoblanmaydigan ma’lumotlar tarkibi kengaytirildi. Unga ko‘ra, 2020-yildan boshlab quyidagilar soliq siri hisoblanmaydi:

    • soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
    • yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    Qayd etilishicha, amaliyotda davlat soliq xizmati organlariga uchinchi shaxslar tomonidan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Soliq siri hisoblangan soliq to‘lovchi ma’lumotlarini oshkor etish mumkin emas.

    Shu kabi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan “Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

    Nizomda soliq organlariga soliq to‘lovchi, shuningdek, davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan va soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi keltirib o‘tilgan.

    Nizomga ko‘ra, quyidagilar soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar hisoblanadi:

    • ichki ishlar organlaridan olingan pasport ma’lumotlari;
    • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlardan olingan tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • notariuslardan olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari;
    • mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori;
    • merosga egalik qilish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar berilganligi hamda hadya etish shartnomalari notarial tarzda tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotlar.
    Shuningdek, soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi soliq siri hisoblanmaydigan, ya’ni ochiq ma’lumotlar tarkibi ham belgilab qo‘yildi. Ular qatoriga quyidagilar kiritildi:
    • soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
    • yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    Nizomda soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarini huquqni muhofaza qiluvchi va respublika davlat boshqaruvi organlariga taqdim etish DSQ bilan o‘zaro elektron axborot almashish bo‘yicha tuzilgan bitimlar asosida elektron tarzda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Ma’lumotlardan faqat ruxsat berilgan mansabdor shaxslargina foydalana oladi.

    Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tijorat tashkilotlariga ham soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari taqdim etilishi mumkin. Bunda soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish faqat soliq to‘lovchining roziligi bilan amalga oshiriladi.

    Masalan, jismoniy shaxs kredit olish uchun tijorat bankiga bordi. Albatta, tijorat banki undan oxirgi 12 oy davomida olgan daromadi to‘g‘risidagi tasdiqlangan ma’lumotnoma va STIRini taqdim etishni talab qiladi.

    Biroq, endi bu boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Jismoniy shaxs roziligiga ko‘ra, tijorat banki soliq organidan fuqaroning pasport ma’lumotlari bo‘yicha oxirgi 12 oy davomida olgan jami daromadi va STIR bo‘yicha ma’lumotlarini elektron tarzda olishi mumkin.

    Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari va ular bilan bog‘liq tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlardan banklardan talab qilib olish haqidagi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ygandi. Loyiha tanqidlarga uchragach, muhokamadan qaytarib olingandi.

    11.06.2020, 06:25   Izoh (0)   23413
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Quyiсhirchiqlik ayolning uyidan 2,5 mln so‘m o‘g‘irlab, uning Artel televizorini sindirib ketgan shaxs ushlandi

    11.06.2020, 01:32

    Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmay qolgan fuqarolar charter reyslar orqali ish joylariga qaytarildi

    10.06.2020, 23:46

    O‘zbekistonda 10-iyun kuni 103 kishida koronavirus aniqlandi, ulardan 27 tasi aholi orasida qayd etildi. Bir bemor vafot etdi

    10.06.2020, 23:37

    O‘zbekistonda yana 32 kishi koronavirusga chalindi. Kasallanganlarning umumiy soni 4623 nafarga yetdi

    10.06.2020, 23:10

    Oliy ta’lim vazirligi vakili kontrakt pulini to‘lamagan talabalarning imtihonga kiritilmasligi haqidagi savolga javob qaytardi

    10.06.2020, 23:07

    Andijonda o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigan ota 3 sutkaga qamaldi

    10.06.2020, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.