Oshxonada tajriba qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ushbu taomni tavsiya qilamiz.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Lavash xamiri — 5 ta
- Bulg‘or qalampiri — 1 ta
- Tuxum — 4 ta
- Sariyog‘ — 2 osh qoshiq
- Sut — 5 osh qoshiq
- Ko‘katlar
- Ko‘katlar va bulg‘or qalampirini mayda qilib to‘g‘rang.
- Tuxumga sut va tuz qo‘shing.
- Aralashmaga bulg‘ori qalampir, ko‘kat solib aralashtiring.
- Quruq tovaga lavash xamirini soling.
- Xamirga sariyog‘, uning ustidan tuxumli aralashma soling va lavashning chetki qismlari bilan ustini yoping.
- Yopilgan xamir ustiga sariyog‘ bo‘laklarini soling.
- O‘rtacha olovda tova qopqog‘ini yopgan holda pishiring.
Mavzuga doir:
- Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang
- Nonushtaga shokoladli sirnik tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Foydali va mazali grekcha salat tayyorlaymiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)