Xashlama — kavkaz oshxonasiga mansub, mashhur taomlardan biri hisoblanadi.
Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak:
- Suyakli mol go‘shti — 500 gr
- Ko‘katlar
- Lavr yaprog‘i — 3 dona
- Piyoz — 1 dona
- Sabzi —1 dona
- Pomidor — 200 gr
- Ziravorlar ta’bga ko‘ra
- Timyan ta’bga ko‘ra
- Sarimsoq piyoz — 2 dona
- Go‘shtni yirik shaklda to‘g‘rab qozonga soling.
- Sabzi, piyozni o‘rtasidan ikkiga bo‘ling, ko‘katlarni ham yirik-yirik qilib to‘g‘rang.
- To‘g‘ralgan sabzavotlarni go‘sht ustiga soling.
- Qozonga masalliqlar ustini qoplaydigan miqdorda suv soling.
- Sho‘rva qaynab chiqqanidan keyin ko‘piklarini olib, past olovda 1 soat qaynating.
- Piyoz va pomidorni yarim dumaloq shaklda to‘g‘rang.
- Sho‘rvaga ta’bga ko‘ra ziravor, timyan va lavr yaprog‘i qo‘shing.
- To‘g‘ralgan piyoz va pomidorni ham qo‘shing.
- Qozon qopqog‘ini yopib, 2,5-3 soat davomida dimlab pishiring.
- Petrushka va sarimsoq piyozni to‘g‘rang va ovqat suzilganidan keyin solib aralashtiring.
Mavzuga doir:
- Turk oshxonasining mashhur taomi “Iskandar kabob”ni uy sharoitida tayyorlaymiz
- Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)