• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokim topshirig‘i bilan ta’mirlab bergandim, endi esa pulimni ololmay sarsonman”. Qashqadaryolik quruvchi Nishon hokimini yolg‘onchilikda ayblamoqda

    Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi topshirig‘iga ko‘ra, nogironlarga mo‘ljallangan uyni ta’mirlagan quruvchi 162 million so‘m pulini ololmayotganini aytmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkor Muhammad Rajabovning aytishicha, hokim talab qilgan ish bitganiga ikki yildan oshgan bo‘lsa-da, hokimlik haligacha va’dasini bajarmagan.

    Muhammad Rajabov

    Muhammad Rajabov
    Foto: “Daryo”

    “Nishon tumanining oldingi hokimi Asror Jo‘rayev va tuman Xalq qabulxonasi rahbari, ayni kunda viloyat Xalq qabulxonasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Faxriddin Jumayevlarning topshirig‘iga ko‘ra, tumandagi ikki qavatli 12 xonadonli uyni 306 million so‘m evaziga qayta ta’mirlab bergandim. O‘sha paytda pulning yarmini berishgandi. Ammo va’da qilingan pulning 162 million so‘mi haligacha to‘lab berilmayapti”, — deydi “Navo tong yog‘dusi” MChJ qurilish tashkiloti rahbari Muhammad Rajabov.

    Quruvchi ta’mirlagan uy

    Quruvchi ta’mirlagan uy
    Foto: “Daryo”

    Quruvchi tadbirkorning ma’lumot berishicha, 2017-yil Nishon tumani hokimi Asror Jo‘rayev tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni uy bilan ta’minlashi lozimligini aytib, tadbirkordan yordam berishini so‘ragan. Hokim topshirig‘iga ko‘ra, ish boshlagan quruvchi uy ta’mirini qisqa muddatda yakunlagan. 2017-yil dekabr oyida esa uy o‘z egalariga tantanali ravishda topshirilgan.

    “Qurilish yakunlangach, hokim va prokuror tez orada pulimni o‘tkazib berishlarini aytdi. Ammo kutilmaganda hokim ham prokuror ham ishdan ketdi. Tuman Xalq qabulxonasi boshlig‘i esa viloyatga ishga o‘tib ketdi. Hozirgi hokim esa senga beradigan pulim yo‘q, men sen bilan kelishmaganman deyapti, deydi quruvchi tashkilot rahbari.

    Mazkur masala yuzasidan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov muammo tez orada yechilishini, buning uchun esa tadbirkor qancha mablag‘ sarflab nima ishlar qilganini isbotlovchi hujjatlar taqdim qilishi lozimligini aytdi.

    Foto: “Daryo”

    “Barcha hujjatlarimni takroran ko‘rsatdim, hokimiyat topshirig‘i bilan qurilish ishlarini yana bir bor ko‘zdan kechirgan mutaxassislar men aytgan mablag‘imdan ko‘proq pul sarflanganini ma’lum qilishdi”, — deydi Muhammad Rajabov.

    Qurilish tashkiloti rahbarining shikoyat qilishicha, mazkur uy ta’mirlashi uning dastlabki ishi bo‘lgan.

    “Qurilish tashkilotini tuzib, endi ish boshlagan paytim shunaqa holatga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda aytilgan ishni bajarish uchun ikkita mashinamni sotgandim. Ammo bugungi kunga kelib, hatto xarajatimni ham qoplab berishmayapti”, — deydi qurilish tashkiloti rahbari.

    Quruvchi ta’mirlagan uy

    Quruvchi ta’mirlagan uy
    Foto: “Daryo”

    Qurilish tashkiloti rahbarining aytishicha, tuman hokimlari nogironligi bor fuqarolar uchun mo‘ljallangan uyni, odatda, tadbirkorlar hisobidan ta’mirlaydi yoki quradi.

    “Ko‘pchilik qurilish tashkiloti rahbarlari bu ishni olib bekor qilding, deb aytishgandi. Keyin bilsam, hokimlar bunday ishlarni tadbirkorlar hisobidan bitkazishar ekan va umuman pul berishmas ekan”, — deydi Muhammad Rajabov.

    Muxtor Hayitmurodovning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining ma’lumot berishicha, quruvchi tadbirkorning hokimlik bilan tuzgan shartnomasi yo‘q. Shu sababdan ham uning puli to‘lab berilmagan.

    “Quruvchi ishni boshlashdan oldin hokimiyat bilan shartnoma tuzmagan, hokimning og‘zaki topshirig‘i bilan ish bajarib ketavergan. Bugungi kunga kelib esa qiyin ahvolda qolgan”, — deydi hokim o‘rinbosari.

    Quruvchi ta’mirlagan uy

    Quruvchi ta’mirlagan uy
    Foto: “Daryo”

    Hokim o‘rinbosarining aytishicha, quruvchi tadbirkorga xarajatini qoplab olishi uchun bir nechta qurilish obyektlari berilgan.

    “‘Dom’ uchun hojatxona qurib bering, deyishdi. Qurib berdim va belgilangan pulimni oldim. Yana bir inshootning tomini yopib berdim. Ammo 162 million so‘m pulim haligacha berilmadi-da. Shu obyektlardan qoplab olasiz, deyishgan. Qanday qilib 162 million so‘mni bulardan chiqarib olaman, shuni tushunmayapman”, — deydi quruvchi.

    Aniqlanishicha, tumanning sobiq hokimi Asror Jo‘rayev quruvchi uy ta’mirini tugatgach, uni uyni o‘z nazoratiga olgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan shartnoma imzolatgan. Shirkat esa ayni kunda pulni to‘lab berolmaydi — tayinli mablag‘i yo‘q.

    Quruvchi tadbirkor esa pulini olish umidida hokimiyatga qatnash bilan ovora, ammo natija yo‘q.

    03.06.2020, 09:58   Izoh (0)   33479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi

    03.06.2020, 09:44

    Toshkent shahrida MIB 126 million so‘mlik aliment pulini undirib berdi

    03.06.2020, 08:58

    Toshkentda yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan magistral ko‘chalarda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tashkil qilinadi

    03.06.2020, 07:40

    Zangiotada belkurak bilan tanishini urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

    03.06.2020, 07:02

    Farg‘onada 2003-yildan beri ilk bora viloyat xalqaro aeroportidan yuklar xorijiy davlatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri jo‘natildi

    03.06.2020, 06:28

    Andijonda mast erkak tanishini bolta bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

    03.06.2020, 05:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.