• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    VLT teleskopi yordamida yangi sayyoraning tug‘ilishi kuzatildi

    VLT (Very Large Telescope) yordamida astronomlar Aravakash yulduz turkumida joylashgan AB yulduzi yaqinidagi protoplanetar diskning eng tiniq suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratlarni sinchiklab tekshirish orqali olimlar ushbu yulduz yaqinida shakllana boshlagan va protoplanetar disk moddasining akkretsiyasi evaziga jadal yiriklashib borayotgan massiv protoplanetani aniqladi. Tadqiqot natijalari Astronomy & Astrophysics jurnalida e’lon qilingan bo‘lib, uning qisqacha talqini Yevropa janubiy rasadxonasining saytida ham keltirib o‘tilgan. “Daryo” maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    <em>Foto: “Eso.org”</em>

    Foto: “Eso.org”

    Mavjud ilmiy taxminlarga ko‘ra, protoplanetar diskda sayyoralarning shakllanishi millionlab yillar mobaynida davom etadi va gravitatsion hamda gidrodinamik jarayonlar oqibatidan yuzaga keladigan disk asimmetriyasi, halqa va spiral shakllarining yuzaga kelishi singari turli xil strukturalarning kuzatilishi orqali namoyon bo‘ladi. Modellashtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, sayyora shakllanishining ilk bosqichlarida disk va sayyoraning o‘zaro ta’sirlari yuzaga keltiradigan Lindblad rezonansi tufayli disk moddasining yadroga akkretsiyalanishi natijasida ichki va tashqi spiral strukturalar hosil bo‘ladi. Bu hodisa puxta nazariy asoslangan bo‘lsa-da, u juda kam sonli kuzatuv ma’lumotlari bilan tasdiqlangan va ular ham, odatda, unchalik ishonchli bo‘lmagan.

    Aravakash AB sistemasi astronomlar uchun yirik sayyoralarning shakllanish mexanizmlarini o‘rganish borasida juda ham noyob va muhim obyekt sanaladi. Yoshi, taxminan, ikki-to‘rt million yil atrofida bo‘lgan ushbu yosh mitti yulduz Xerbiga Ae turidagi yulduzlar sinfiga mansub bo‘lib, u Quyoshdan 520 yorug‘lik yili masofasida joylashgan. U gaz va changdan iborat juda katta o‘lchamli (bir necha yuz astronomik birlikka teng) protoplanetar diskka ega bo‘lib, uni yaqin bir necha o‘n yilliklardan beri optik diapazonda va yaqin infraqizil diapazonda hamda millimetrli diapazonlarda kuzatib kelinmoqda.

    Kuzatishlar natijasida diskning ichki qismida ikkita spiralsimon tarmoqlar aniqlangan va bularni yulduzdan 30 va 60-80 astronomik birlik masofada joylashgan sayyoralar tomonidan yuzaga keltirilgan deb taxmin qilinadi. Shuningdek, mazkur protoplanetar diskda bo‘shliq hududi ham aniqlangan bo‘lib, u ham diskda muayyan katta jism shakllanayotganiga ishora qiladi.

    Parij rasadxonasi astronomi bo‘lmish Entoni Bokkaletti (Anthony Boccaletti) boshchiligidagi ilmiy guruh Aravakash AB yulduz tizimining eng tiniq tasvirini olish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan edi va bu maqsadda ular Chilidagi VLT kompleksida o‘rnatilgan teleskoplardan biridagi SPHERE to‘lqin qabul qilgich qurilmasidan foydalangan. Ushbu qurilma ona-yulduz nurlarini to‘sgan holda uning yaqinida joylashgan ekzosayyoralarning, shuningdek, protoplanetar disklarning ham eng tiniq tasvirini katta aniqlikda to‘g‘ridan to‘g‘ri olish imkoniyatiga ega. Aravakash AB yulduzini polyarimetrik va spektroskopik kuzatish ishlari 2019-yilning dekabri va 2020-yilning yanvar oylarida olib borilgan.

    Kuzatishlar natijasida Aravakash AB yulduzi yaqinidagi protoplanetar diskning bugungi kundagi eng aniq va tiniq tasvirlari olingan. Olimlar bu tasvirlarni tahlil qilish orqali diskda haqiqatan ham spiral tarmoqlar mavjudligini ko‘rdi va disk ichkari qismidan tarqalayotgan nurlanishlarni qayd qildi. Bundan tashqari, biri ichkari tarafga va ikkinchisi tashqari tarafga yo‘nalgan tarzda tarmoqlanayotgan spiral tarmoqlarning tutashuv nuqtasi ham topilgan. Ushbu nuqtada esa Yupiter massasidan, taxminan, 4-13 barobar katta massaga ega bo‘lgan va disk moddasining akkretsiyasi tufayli jadal yiriklashishda davom etayotgan protoplaneta mavjudligi taxmin qilinmoqda. Keyingi kuzatuvlar o‘sayotgan ekzosayyoraning parametrlarini yanada aniq baholashga va diskdagi gaz oqimlari dinamikasini tushunishga yordam berishi kerak.

    Quyida jarayonga oid ikki daqiqalik video-taqdimotni ko‘rishingiz mumkin:

    29.05.2020, 20:53   Izoh (0)   14853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dragon Crew’ning XKSga parvozi ob-havo noqulayligi bois qoldirildi

    28.05.2020, 01:25

    XKS kosmonavti bulutlarning kosmosdan olingan suratlari bilan bo‘lishdi

    21.05.2020, 12:26

    Yer uzra “asr kometasi” uchib o‘tmoqda

    20.05.2020, 21:43

    Rossiyada meteorit tushishi videoga olindi (video)

    19.05.2020, 18:24

    Olimlar Marsda yashash uchun eng maqbul joyni topdi

    18.05.2020, 11:21

    Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi

    17.05.2020, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.