Mazkur kabobni sabzavot va garnir bilan kechki ovqatga tayyorlash tavsiya qilinadi.

Foto: Lifehacker

Buning uchun  quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tovuq filesi — 450 gr
  • Soya — 60 ml
  • Shakar — 120 ml
  • Piyoz — 450 gr
  • O‘simlik yog‘i
  • Bulg‘or qalampiri

Tayyorlanish jarayoni:

  • Cho‘p sixlarni 30 daqiqa suvga ivitib qo‘ying.
  • Tovuq filesi va piyozni 3 santimetr qalinlikda to‘g‘rang.
  • Soyaga shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Tovuq go‘shti, piyoz va bulg‘or qalampirini sixga torting.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada o‘rtacha olovda qovuring.
  • Qovurma kabobni sousga botiring.
  • Sabzavotlardan salat tayyorlang, garnir sifatida guruch yoki makaron pishirish tavsiya qilinadi.

Yoqimli ishtaha!