Baqlajon vitaminlarga boy foydali sabzavotlardan biri hisoblanadi. Unga yong‘oq, sarimsoq qo‘shilgandagi ta’mni esa tasvirlashga til ojiz.

Foto: Lifehacker

Ruletlarni tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlardan foydalanamiz:

  • baqlajon — 3 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • yong‘oq — 1 piyola;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona;
  • sirka — 2 osh qoshiq;
  • ismaloq, ukrop;
  • ta’bga ko‘ra tuz va suz.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Baqlajonni uzunchoq qilib kesib, taxiri chiqishi uchun yarim soatga, tuzli suvga solib qo‘ying.
  • Bo‘laklarni o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Qovurilgan baqlajonlarning ortiqcha yog‘ini singdirib olish uchun qog‘oz sochiqqa qo‘ying.
  • Yong‘oq, sarimsoq piyozni qo‘shib blenderda maydalang, suv qo‘shib smetana suyuqligidek massaga keltiring.
  • Aralashmaga ko‘kat, tuz, sirka qo‘shib aralashtiring.
  • Nachinkani qovurilgan baqlajon ustiga soling va rulet qilib to‘g‘rang.
  • Tayyor baqlajonlarni muzlatkichga qo‘yib sovuting.

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.