Saharlikka yengil hazm bo‘ladigan mazali suyuq ovqat — eng yaxshi variant.
Kerakli mahsulotlar:
- go‘sht — 500 gr;
- guruch — 100 gr;
- pomidor — 1 dona;
- tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
- piyoz — 2 dona;
- ko‘katlar;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- sarimsoq piyoz;
- ta’bga ko‘ra tuz, murch.
- Go‘shtni qaynatib bulyon tayyorlang.
- Qaynab chiqqanidan keyin tuz va ko‘kat soling.
- Mayda kubik shaklida to‘g‘ralgan piyozni o‘simlik yog‘iga solib qovuring.
- Pomidorni qirg‘ichdan chiqarib, piyozga qo‘shib qovuring, tomat pastasi qo‘shing.
- Aralashmani bulyonga solib, sarimsoq piyoz, ta’bga qarab tuz, murch seping.
- Guruch soling va pishgunicha qaynating.
- Pishganidan keyin olovni o‘chirib, qozon qopqog‘ini 15 daqiqaga yopib qo‘ying.
“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.
Saharlik uchun retseptlar:
Izoh (0)