Pirogdagi to‘yimli “nachinka”, xamir ustidagi sariyog‘ va kunjutning xushbo‘y aralashmasi, sizni bu taomni takror va takror pishirishga undaydi.

Foto: “Povar.ru”

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Qat-qat xamir — 500 gr⠀
  • Tovuq go‘shti — 1 dona
  • Qo‘ziqorin — 300 gr
  • Piyoz  — 1 dona
  • Qaynatilgan tuxum — 3 dona
  • Sarimsoq piyoz
  • Tuz, quritilgan rayhon, ziravorlar — ta’bga ko‘ra
  • Sariyog‘ — 50 gr

Tayyorlanish jarayoni:

  • Agar tayyor xamir bo‘lmasa, somsaniki singari xamir tayyorlab oling.
  • Tovuq go‘shtini o‘rtacha, piyoz va qo‘ziqorinni mayda “kubik” shaklida to‘g‘rang.
  • Tovuqni tillarang bo‘lgunicha qovurib oling.
  • Piyoz qo‘shib qovurishda davom eting.
  • Aralashmaga qo‘ziqorin, tuz, ziravorlar qo‘shib aralashtiring.
  • Qaynatilgan tuxumni sanchqi yordamida maydalab, sarimsoq piyoz qo‘shing.
  • Tuxumli aralashmani tovadagi masalliq bilan qo‘shib aralashtiring.
  • Xamirni yoyib,“nachinka” soling va xonim pishirganda o‘raydigan shaklingizda o‘rab oling.
  • Ustiga sariyog‘ surting, kunjut seping va 200 daraja qizigan pechga 35-40 daqiqaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.