Saharlikka yengil hazm bo‘ladigan mazali suyuq ovqat — eng yaxshi variant.

Foto: Maggi

Kerakli mahsulotlar:

  • go‘sht — 500 gr;
  • guruch — 100 gr;
  • pomidor — 1 dona;
  • tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
  • piyoz — 2 dona;
  • ko‘katlar;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz;
  • ta’bga ko‘ra tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Go‘shtni qaynatib bulyon tayyorlang.
  • Qaynab chiqqanidan keyin tuz va ko‘kat soling.
  • Mayda kubik shaklida to‘g‘ralgan piyozni o‘simlik yog‘iga solib qovuring.
  • Pomidorni qirg‘ichdan chiqarib, piyozga qo‘shib qovuring, tomat pastasi qo‘shing.
  • Aralashmani bulyonga solib, sarimsoq piyoz, ta’bga qarab tuz, murch seping.
  • Guruch soling va pishgunicha qaynating.
  • Pishganidan keyin olovni o‘chirib, qozon qopqog‘ini 15 daqiqaga yopib qo‘ying.​

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.