Mazkur somsalarni tayyorlash uchun ko‘p vaqt ketmaydi.

Foto: Getty Images

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Kartoshka — 4-5 dona
  • Piyoz — 2 dona
  • Tomat pastasi — 1 osh qoshiq
  • Tuz — 2 choy qoshiq
  • Sut — 50 ml
  • O‘simlik yog‘i — 50 ml
  • Tuxum sarig‘i — 2 dona
  • Ko‘k piyoz
  • Kunjut

Tayyorlanish jarayoni:

  • Avval nachinka tayyorlab olamiz.
  • Kartoshkadan pyure tayyorlang.
  • O‘simlik yog‘ida piyozni qovuring, tomat, tuxum sarig‘i va ko‘k piyoz qo‘shing.
  • Pyurega massani qo‘shib, tuzini rostlang.
  • Sutga o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiring.
  • Lavash xamirini kesib oling.
  • Aralashmani lavash xamiriga surting.
  • Xamirga nachinka solib o‘rang, ustiga kunjut seping.
  • 180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.