• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshqin takrorlanishidan qo‘rqyapman, bu yerdan ko‘chib ketaman”. Sardoba falokatida jabrlangan cho‘pon hasrati

    Sardoba falokati oqibatida minglab fuqarolar singari jabr ko‘rgan cho‘pon Zafar Qurbonov “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi muxbiriga boshdan kechirgan qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

    Zafar Qurbonov.

    Zafar Qurbonov.
    Foto: “Sevimli” telekanali

    “Men xalqning molini boqaman, podachiman. Podaning orqasidan yig‘inib shu ishni qilgan edim. Boshqa joydan daromadim yo‘q edi. Shu xalqning molini boqib, shu uyni solgan edim, hammasi bir tiyin bo‘ldi. 15 yil birovning uyida ijarada yashab, olti yil mol boqib yurib, olti yil deganda, zo‘rg‘a pul yig‘ib, shu uyni solgan edim.

    Foto: “Sevimli” telekanali

    Hozir o‘zim avval mollarimni boylab, boqadigan joyda yashayapman. Mollarimni jo‘natib yubordim. Shuncha narsani tashlab ketib bo‘lmayapti. Ertalab turib, odamlarga qo‘shilib choyni ichib kelib, yana shu yerda qo‘limdan kelganicha ish qilyapman, uyni buzyapman.

    Bir kunda suv kelib, bosib, hammayoq tugadi. Bu yerda yashashga qo‘rqib qoldim. Xudoga shukr, bizni tongda suv urdi. Agar suv kechasi bosganida, ancha-muncha odam omon qolmasdi.

    Yangi uyda bir yarim, ikki yil yashadim. Lekin hali mazza qilganim yo‘q. Yetti yilda qurilgan suv ombori yetti yil turib bermadi. Endi meni bu yerga umuman qiziqishim qolmadi. Xudo xohlasa bu yerda yashamayman, boshqa yerga ketaman.

    Foto: “Sevimli” telekanali

    Gapning ochig‘i, yana shu holat takrorlanishidan qo‘rqyapman, yo‘qotishdan qo‘rqyapman. Shuncha sarf-xarajat bir pul bo‘ldi. Kecha ayolim keldi, “Qanday qilib bo‘lsa ham boshqa yerdan joy top”, dedi. Jonim omon bo‘lsa, boshqa yerga joy qilib ketaman.

    Foto: “Sevimli” telekanali

    Hozir xalqning molini boqishga imkoniyat ham yo‘q. Vatan qilish kerak. Nasib qilsa, boshqa yerga uy-joy qilib ketaman. Xudo xohlasa, hayotimni noldan boshlayman. Qancha pul yig‘ib, shu holatga keltirgandim. Hali ham Tojmahal emas bu, kichkinagina uy. Tojmahal bo‘lganida, bilmadim endi...”, — deydi Zafar Qurbonov o‘z intervyusida.

    Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida yashovchi fuqaroning aytishicha, u o‘z tomorqasiga issiqxona qurish uchun tijorat banklaridan kredit olishga harakat qilgan. Ammo biror natija bo‘lmagach, o‘zi mablag‘ yig‘ib, yaxshi niyatlar bilan issiqxona qurgan. Biroq falokat oqibatida barcha pomidor ko‘chatlar “o‘lgan”.

    “Issiqxona qurish uchun kredit ololmadim, otangga bor, enangga bor, deyishdi. Lekin televizorda yurtboshimiz harakat qilganga ber, deyapti. Ammo bu yerda faqat boy boyga, suv soyga oqyapti. Bo‘ldi boshqa gap yo‘q.

    Foto: “Sevimli” telekanali

    Shu bir yarim sotix yerdagi pomidorni ekishga 7,5 million so‘m pul ketdi. Bolalarimga yedirmay, to‘xtab tur, shuni qilaylik, Xudo xohlasa ish bo‘ladi, pul bo‘ladi bizga, deb issiqxona qilgandim. Lekin mana barchasi zax chaqib, tagidan havo kirmay ‘o‘ldi’ ”, — deydi sardobalik cho‘pon.

    Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori 6-piketi to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida yirik suv toshqini yuz berdi. Hodisa oqibatida 100 mingga yaqin odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 20 ta aholi yashash punktida jami 5 969 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari talafot ko‘rdi. Toshqin oqibatida yetgan zarar summasi, taxminiy bo‘lsa-da, hozircha e’lon qilingani yo‘q.

    Toshqindan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatishda o‘zbekistonliklar misli ko‘rilmagan faollik ko‘rsatdi. Shuningdek, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Sardoba falokatining O‘zbekistondagi jabrlanuvchilariga 10 million dollar xayriya puli ajratdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa toshqindan jabr ko‘rganlar “ikki oy ichida hovlisiga rayhon ekilgan yangi uylarga ko‘chib o‘tishi kerak”ligini ta’kidladi.

    Falokat yuz berishi yuzasidan dastlabki rasmiy taxminlar e’lon qilinmagan, faqat O‘zbekiston davlat televideniyesi orqali to‘g‘on o‘pirilishiga 1-mayga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytildi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev hodisa aybdorlari qonun oldida javob berishini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir:

    • NASA Sardoba toshqinining sun’iy yo‘ldoshdan olgan suratlarini e’lon qildi
    • Sardoba suv omboridan toshib chiqayotgan suv. Vertolyotdan olingan video
    • Foto: Sardobadagi falokat ko‘lamini o‘zida aks ettiruvchi suratlar
    • Foto: Sardobadagi kulfat ko‘lami insonlar yuzida aks etgan surat
    • Kun fotosi: Sirdaryoda aholi vertolyot yordamida qutqarilmoqda
    • Qulagan temir ustunlar, ag‘darilgan kombayn — Sardoba suv ombori atrofida talafot yetgan yerlardan fotoreportaj
    • Sardoba suv omborini kim qurgan?

    15.05.2020, 14:10   Izoh (0)   47858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 15, 7 va 3 kunlik elektron yo‘l chiptalarini tatbiq etish bo‘yicha hukumat qarori tayyorlandi

    15.05.2020, 13:11

    Kichik jussadagi katta dard. Oqqonga chalingan Sarvinoz yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

    15.05.2020, 12:55

    Namanganda yana 5 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor

    15.05.2020, 11:58

    Sirdaryo viloyati hokimligi yordam sifatida yuborilgan buyumlarning ayanchli holati tasvirlangan suratga munosabat bildirdi

    15.05.2020, 11:43

    O‘zbekistonga qaytish uchun Samarada to‘plangan o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkil etildi

    15.05.2020, 11:13

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 nafarga yetdi. Yangi bemorlarning uch nafari Tojikistondan kelgan fuqarolar

    15.05.2020, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 16:05

    Xitoy sun’iy intellektli robot kiyiklarini Tibetga yubordi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 16:00

    “Manchester Siti” Vinisius Junior bilan muzokara boshladi

    Sport | 12 avgust, 15:50

    O‘zbekistonda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz jazolandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:47

    Toshkent aeroportida ikki qizni Hindistonga fohishalikka jo‘natayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:40

    “Nijniy Novgorodda harbiy holat eʼlon qilinmagan” Toshkentdagi universitet talabalarining videochiqishiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.