O‘zbekistonda 11-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 35 kishiga oshib, 2453 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq O‘zbekistonda 10-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2418 nafarga yetgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1881 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)