• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qayerda kitoblar yoqilsa, keyinchalik u yerda odamlar ham yoqiladi”. 10-may — Germaniya tarixida kitoblar yoqilgan kun

    “Nima uchun kitoblarni yomon ko‘rishadi va ulardan qo‘rqishadi? Chunki ular hayotimiz yuzidagi ajinlarni ko‘rsatib turadi”, degan edi buyuk yozuvchi Rey Bredberi o‘zining mashhur asarlaridan birida. 1933-yilning 10-may kuni Berlindagi maydonlardan biri katta gulxan yorug‘idan charog‘on edi. Ammo bu gulxanda kitoblar yonardi…

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Gitler hokimiyat tepasida

    1933-yil 30-yanvarda Veymar Respublikasi kansleri etib Adolf Gitlerning tayinlanishi, natsional-sotsialistlar tomonidan hokimiyatni real egallash jarayonining boshlanganini ko‘rsatib berdi. Fashistlar yagona davlat boshqaruvini istashlarini yashirmadi, barcha davlat institutlari NSDAP’ning to‘liq nazoratiga bo‘ysundirildi.

    Natsistlarning totalitar diktaturasining o‘rnatilishi — bu qonun ustuvorligi poydevorini buzish, demokratik institutlarni yo‘q qilish, shuningdek, nemis jamiyati va madaniyatini natsistlar mafkurasiga muvofiq o‘zgartirishni anglatardi. Terrorni repressiv mexanizmga aylantirish, ommaviy aloqa vositalarini to‘liq nazorat qilish va ularni rasmiy tashviqot organlariga aylantirish kabi ushbu tajovuzkor jarayonlarda davlat va jamiyat institutlari muhim ahamiyat kasb etdi.

    Xalqning o‘zi shuni istardi

    Aslida, Germaniyada hokimiyat tepasiga natsional-sotsialistlarning kelishini aholining katta qismi qo‘llab-quvvatlash bilan kutib olgandi. Ushbu voqealarning guvohi, nemis jurnalisti va publitsisti Sebastian Xaffner o‘zining 1987-yilda Myunxenda yozilgan “Bismarkdan Gitlergacha: o‘tmishga nazar” deb nomlangan kitobida bu haqida shunday deydi: “Xalq orasida demokratiyadan qutulish va ozodlik tuyg‘usi juda keng tarqalgan edi. Aksariyat odamlar endi demokratiyani istamasdilar, demokratiya nima qilib berdi? Odamlar haqiqatdan ham yangi o‘zgarishlarni xohlardi: taniqli yetakchi shaxs qo‘l ostidagi partiyalarsiz hukumat”.

    Fashistlarning tajovuzkorliklari rostdan ham katta ijtimoiy qarshilikka duch kelmadi. Aksincha, 1933-yilning birinchi oylaridagi repressiv kampaniyalar Germaniya fuqarolarining faol ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

    Reyxstagga o‘t qo‘yilishidan foydalanib, yahudiylarning do‘konlari va korxonalarini boykot qilish, mustaqil kasaba uyushmalarini yo‘qotish, irqchilikka asoslangan qonunlar ishlab chiqish kabi ishlar amalga oshirildi.

    Masalan, “Professional davlat xizmatini tiklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, unga ko‘ra, barcha davlat idoralaridan yahudiy millatiga mansub odamlar haydaldi. Shu singari qator repressiv choralar va “Nemis bo‘lmagan ruhiyatga qarshi harakat” kabi aksiyalar jamiyatda fashistlar mafkurasining o‘rnatilishida muhim rol o‘ynadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Doktor Gebbels ishga kirishdi

    1933-yildan boshlab fashistlarning ta’lim va targ‘ibot vaziri bo‘lgan Yozef Gebbels nemis san’ati va madaniyatini fashistlarning maqsadlariga moslashtira boshladi. Madaniy tashkilotlarni yahudiylardan va boshqa siyosiy ishonchsiz shaxslardan yoki natsistlar tomonidan “buzilgan” deb hisoblagan san’at asarlarini yaratgan shaxslardan tozalash boshlandi. Natsistlarning ushbu harakatining boshida nemis universitetlari talabalari turar edi. O‘rta sinf vakillaridan tashkil topgan talabalarning millatchilik va antisemitizm g‘oyalariga yo‘g‘rilgan ushbu tashkilotlari yillar davomida Germaniya tarixidagi o‘z vazifasini bajardi.

    Birinchi jahon urushidan keyin ko‘plab nemis talabalari Veymar Respublikasiga (1919-1933) qarshi bo‘lgan va o‘zlarining siyosiy kelishmovchiliklari va adovatlarini ifoda etishning eng maqbul vositasi natsional-sotsializm g‘oyasi ekaniga ishongan.

    Fashistlar Germaniyasining talabalar birlashmasi 1933-yilning 6-aprelida butun mamlakat bo‘ylab “Antigerman ruhiyatiga qarshi harakat” deb nomlangan aksiyalar o‘tkazilishini e’lon qiladi, bu aksiyaning eng kulminatsion qismi “olov bilan tozalash” edi. Ushbu dahshatli shov-shuvga aylangan ramziy akt 1933-yil 10-mayda bo‘lib o‘tdi. Universitet talabalari davlat senzurasi va total nazorat davrini boshlab bergan ushbu ishga qo‘l urdi. Ular 25 ming jilddan ortiq bo‘lgan “Germaniyaga qarshi” kitoblarni olovda yoqdi.

    Shu kuni kechqurun radikal o‘ngchi talabalar Germaniyaning 34 ta shahri bo‘ylab “Antigerman ruhiyatiga qarshi” mash’alalar namoyishini o‘tkazdi. Marosimda yuqori martabali natsistlar, professorlar, universitet rektorlari va talaba tashkilotlari rahbarlari ishtirokchi va tomoshabinlarga murojaatlar yo‘lladi. Tadbir so‘ngida talabalar tantanali ravishda “istalmagan” kitoblarni gulxanga tashladi va “olov qasamini” ichdi. Bu harakatlar orkestrning sho‘x kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.

    Nemis ma’naviyatiga yot kitoblar

    O‘sha kecha talabalar yoqib yuborgan kitoblar ichida Bertold Brext kabi taniqli sotsialistlarning asarlari, kommunizm tushunchasining asoschisi Karl Marks kitoblari, burjua tanqidchilari, masalan, avstriyalik dramaturg Artur Shnitsler va “buzuq tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi” deya atalgan amerikalik yozuvchisi Ernest Xemingueyning romanlari bor edi. Shuningdek, Nobel mukofoti sovrindori Tomas Mann va ko‘plab bestsellerlar muallifi Erix Mariya Remarkning kitoblari ham yoqilgan.

    Remarkning natsistlar mafkurasiga qarshi bo‘lgan, urushning asl ta’rifini juda kuchli tarzda ochib bergan “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” deb nomlangan asari ham o‘tga tashlangan. Qora ro‘yxatga kiritilgan boshqa yozuvchilar qatoriga amerikaliklardan Jek London, Teodor Drayzer va Xelen Keller kirgan. Chunki ular o‘z asarlarida ijtimoiy adolatga ishongan, nogironlarning huquqlarini himoya qilgan va tinchlikparvarlikni targ‘ib qilgan. Shuning uchun bu ro‘yxatdan joy olgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    10-may kuni mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tdi va matbuotda keng yoritildi. Ishtirokchilarning chiqishlari, qo‘shiqlari va tantanali nutqlari ko‘plab nemis radio tinglovchilariga “jonli” tarzda yetkazildi. Tabiiyki, kitoblari yoqib yuborilgan mualliflar orasida Frans Verfel, Maks Brod va Stefan Sveyg kabi yahudiy yozuvchilari ham bor edi.

    Xotira

    Hozirda har yili Germaniyada “Yoqilgan kitoblarni xotirlash kuni” kabi tadbirlar o‘tkaziladi. Ushu tadbirlarda bugungi nemis talabalari o‘sha mashhur mualliflarning kitoblarini birgalikda o‘qiydi va bir-biriga hadya qiladi.

    1995-yilda Berlinning Bebelplats maydonida yahudiy skulptori Mixa Ulman tomonidan o‘ziga xos monument yaratilgan, maydonga o‘ra qazilib, kichkina xona qilingan, maydondan o‘tar ekansiz, bu xonani yerdagi oynali tuynuk orqali ko‘rishingiz mumkin. Xonaning ichida esa taxminan, 20 ming dona kitob sig‘adigan peshtaxtalar qilingan, ammo bu peshtaxtalarning bo‘shligiga ko‘zingiz tushadi...

    Xulosa

    Yuqorida siz o‘qigan voqeaning eng qiziq tomoni shunda ediki, natsistlar yoqib yuborgan kitoblarning ichida o‘n to‘qqizinchi asrning mashhur nemis shoiri Genrix Geynening 1820-yilda yozgan she’riy to‘plamlari ham bor edi. Unda shoir “Qayerda kitoblar yoqilsa, keyinchalik u yerda odamlar ham yoqiladi”, degan so‘zlarni aytgan. Darhaqiqat, hokimiyat tepasiga kelib, kitoblarni yoqishdan ish boshlagan natsistlar oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan butun dunyoga Ikkinchi jahon urushi deb nomlangan olovni yoyishdi va unda millionlab insonlarning kuli ko‘kka sovurildi...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    10.05.2020, 21:38   Izoh (0)   121333
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.