O‘zbekistonda 10-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 38 kishiga oshib, 2387 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq O‘zbekistonda 9-may soat 16:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2349 nafarga yetgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1846 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)