O‘zbekistonda 9-may soat 16:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 13 kishiga ko‘payib, 2349 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq, 9-may soat 10:00 holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2336 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1803 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.