Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 1-turida “Kvanju” va “Sonnam” jamoalari 9-may, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskandarov jamoalari qarama qarshiligida sonnamliklarning qo‘li baland keldi. Yan Don Hyon 4 va 12-daqiqalarda maydon egalari darvozasini ishg‘ol qilgan holda “Sonnam”ning g‘alabasini ta’minladi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, Iskandarov Key-Ligadagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.
10-may kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi harakat qilayotgan klublar o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Doston Tursunov jamoasi “Pusan Ay Park” safarda “Poxang Stilers”ga qarshi bahs yuritsa, Ikrom Aliboyev klubi “Seul” “Kanvon” mehmoni bo‘ladi.
Key-Liga
1-tur bahslari
9-may, shanba
“Ulsan Hyonday” — “Sangju Sangmu” 4:0
Gollar: 1:0 — 8 Junior Negao, 2:0 — 45, penalti Junior Negao, 3:0 — 51 Li San Hon, 4:0 — 75 Yun Bit Garam.“Inchhon Yunayted” — “Tegu” 0:0
“Kvanju” — “Sonnam” 0:2
Gollar: 0:1 — 4 Yan Don Hyon, 0:2 — 12 Yan Don Hyon.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)