Ispaniyaning AS nashri Transfermarkt ma’lumotlari asosida La Liga klublarining eng qimmat yoshlar jamoalari reytingini tuzdi.
Unga ko‘ra, 34,03 million yevroga baholangan “Barselona” yoshlari ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rinda “Real”ning ikkinchi jamoasi “Kastilya” (30,45 million yevro) qayd etilgan bo‘lsa, “Atletiko” yoshlari (16,73) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, kuchli beshlikdan “Real Sosyedad” (7,35) va “Atletik” (6,95) kabi jamoalar o‘rin olgan. So‘nggi o‘rindan “Leganes” yoshlari o‘rin olgan (800 ming yevro).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)