O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Ronaldo Souzada koronavirus aniqlandi. Bu haqda ESPN jurnalisti Brett Okamoto xabar qildi.
Shuningdek, braziliyalik yakkakurashchining ikki sekundantida ham infeksiya borligi aniqlangan.
Souza UFC 249 musobaqasida Yuraya Holl bilan jang qilishi kerak edi. Mazkur jang bekor qilingan.
Bunga UFC prezidenti Deyna Uayt quyidagicha munosabat bildirgan: “Yuzlab test o‘tkazilgandi, ularning birortasi ham ijobiy natija bermagani g‘alati bo‘lardi”.
Eslatib o‘tamiz, UFC 249 Toshkent vaqti bilan 10-may tonggi soat 05:00 da boshlanadi.
Izoh (0)