Marhamat tumani Ma’muriy sudi sudyasi Akmal Alijonovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, fuqaro J.T. 2020-yilning 21-aprel kuni jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, qaynanasi Sh.S.ning xonadoniga borib, o‘zaro kelishmovchilik sabab birga yashamayotgan turmush o‘rtog‘i Sh.T.ni majburan olib ketishga harakat qilgan.
Turmush o‘rtog‘i u bilan ketishdan bosh tortgach, uni va qaynanasini haqorat qilib, qaynanasining darvozasini tepib, shovqin-suron ko‘targan. Shuningdek, pichoq va benzin olib kelib, mahalladoshlari oldida turmush o‘rtog‘i va qaynanasini o‘ldirishini aytib, qaynanasiga tegishli uyni yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan.
Sud fuqaro J.T. ishini ko‘rib chiqib, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) hamda 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ayblab, 15 sutka qamoq hamda 4 million 460 ming so‘m jarima tayinlagan.
Izoh (0)