• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    9-may kuni G‘alabaning 75 yilligi sharafiga O‘zbekiston telekanallarida yangi harbiy-tarixiy o‘zbek filmlari namoyish etiladi

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda urush davridagi xalqimizning qahramonligi va bag‘rikengligini abadiylashtirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori buning yaqqol dalilidir. Qarorga ko‘ra, “O‘zbekkino” MA zimmasiga fashizmga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo‘yicha vazifalar yuklangan.

    9-may arafasida hukumatning qo‘llab-quvvatlashi bilan “O‘zbekkino” MA va ijodiy jamoalar “Ilhaq” badiiy-tarixiy filmi (rejissor – Jahongir Ahmedov), “Xalq jasorati” hujjatli kinoxronikasi (rejissor – Ali Hamroyev) va “101” badiiy filmi (rejissor – Hamidulla Hasanov) bo‘yicha ishlarni nihoyasiga yetkazdi.

    Ta’kidlash joizki, filmlar ustidagi asosiy ish jarayonlari 2020-yilga to‘g‘ri keldi. “Ilhaq” filmining barcha asosiy jang sahnalari 2020-yil fevral oyida Belarusda suratga olindi. O‘zbekistondagi qator muhim epizodlar suratga olingach, film ijodiy guruhi uni yakuniga yetkazish uchun parallel ravishda bir necha studiyalarda tinmay ishladi. “101” filmini suratga olish va postprodakshn ishlari shu yilning fevralidan may oyiga qadar o‘tdi, “Xalq jasorati” kinosolnomasi bo‘yicha arxivlarda tashkillashtirilgan asosiy tadqiqot ishlari esa 2020-yilning aprel oyida montaj ishlari bilan nihoyalandi.

    Shuningdek, yuqorida tilga olingan kinomahsulotlarning barcha ishlab chiqarish jarayonlari koronavirus pandemiyasi davrida tegishli sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda tashkillashtirilganini ham qayd etib o‘tish lozim.

    Filmlar taqdimoti 9-may kuni O‘zbekistonning davlat va nodavlat telekanallarida bo‘lib o‘tadi va O‘zbekistonda nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni uchun munosib sovg‘a bo‘ladi.

    “Ilhaq” badiiy filmi

    Mavsumning eng yorqin premyeralaridan biri “Ilhaq” kartinasidir. Badiiy film real hayotiy voqealarga asoslangan. Unda Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlog‘ida yashagan, Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida besh o‘g‘li – Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon Xolmatovlardan judo bo‘lgan Zulfiya Zokirovaning fojiali hayoti haqida hikoya qilinadi. Kartina “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra “EzguFilm” kinokompaniyasi tomonidan yaratilgan.

    “ ‘Ilhaq’ kartinasi – ‘O‘zbekkino’ MAdagi keng ko‘lamli loyihalardan. Filmda tasvirlanayotgan voqealar nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki boshqa mamlakatlar aholisi hayotiga ham yaqin. Minglab onalarning o‘g‘illari frontdan qaytmadi va bu dard hamma uchun birdek og‘ir edi. Bugungi kunda o‘sha urushning dahshatli va suronli yillaridan ancha uzoq bo‘lganlarga biz ajdodlar kelajagi uchun qurbon qilingan umr evaziga yashayotganimizni eslatish juda muhim. Dastlab filmda faqat O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan voqealar haqida suratga olish rejalashtirilgan edi, biroq keyinchalik film Zulfiya Zokirovaning o‘g‘illari jang maydonlarida qahramonona kurashib halok bo‘lganlarini aks ettirgan jangovar sahnalar bilan to‘ldirildi. Harbiy sahnalarning Belarusda ‘Belarusfilm’ bilan hamkorlikda suratga olinishining tashkillashtirilgani filmni ko‘p jihatdan boyitdi”, – deydi film rejissori Jahongir Ahmedov.

    Filmni suratga olish ishlari shu yilning mart oyida nihoyasiga yetdi. Kartinada butun suratga olish jarayoni davomida jami 2000 dan ortiq kishi qatnashdi.

    “Biz ‘Ilhaq” kinokartinasini belaruslik tomoshabinlar ham ko‘rishini istaymiz. Belarus kinematograflari mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yana mustahkamlanib borayotganidan mamnun. Biz ‘O‘zbekkino’ MA va ‘Belarusfilm’ kinostudiyasi hamkorligida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga umid qilamiz”, – deb ta’kidladi “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy.

    To‘rt qismli “Xalq jasorati” kinoxronikasi

    Harbiy mavzudagi kinopremyeralar orasida taniqli rejissor Ali Hamroyevning to‘rt qismli “Xalq jasorati” kinoxronikasi ham bor. Yangi loyiha oldiga ulug‘vor vazifalar qo‘yildi: kinoxronika kadrlariga asoslangan holda to‘rt qismli filmda o‘zbekistonliklarning frontda va front ortida ko‘rsatgan jasorati va qat’iyati haqida, o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va nihoyatda mehnatkashligini ko‘rsatish maqsad qilindi.

    Bu eksklyuziv kartina, u tufayli Ikkinchi jahon urushi tugagandan beri ilk marotaba O‘zbekistonda faqat hujjatli kinoxronikaga asoslangan kinosolnoma yaratilmoqda. Ijodiy guruh nafaqat O‘zbekistondagi, balki Rossiyadagi arxiv ma’lumotlari bilan ham ishlab, kartina uchun eng yorqin va ta’sirli kadrlarni saralab oldi.

    “Xalq jasorati” hujjatli filmining asosiy vazifasi – bugungi avlodni ona Vatan himoyasida qahramonlik va jasorat ko‘rsatgan ota-bobolarining davriga nazar tashlash uchun imkon yaratish. Bu, ayniqsa bugun – o‘zbekistonliklar virusli pandemiya xavfiga qarshi kurashayotgan qiyin kunlarda muhim ahamiyatga ega. Yangi O‘zbekistonda o‘zbekistonliklarning mardligi va matonati xotirasini abadiylashtirish, yana bir bor xalqimizga bosh egib, minnatdorlik bildirish imkonini yaratuvchi bunday muhim loyiha amalga oshirilayotganidan benihoya xursandman. Men, ushbu film ustida chin dildan va hayajon bilan ishladim”, – deydi film rejissori va ssenariy muallifi Ali Hamroyev.

    “101” badiiy filmi

    Rejissor Hamidulla Hasanovning Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonlik bir yuz bir askarning mardona va fojiali taqdiri haqidagi hujjatli ma’lumotlarga asoslangan “101” filmi respublika kinematografiyasi uchun yana bir ahamiyatli qadam bo‘ldi. Bir yuz bir nafar o‘zbek askari Amersfort shahridagi konslagerga nemis fashistlari gollandlarga o‘zlarining kimlar bilan kurashayotganlari va vermaxt gazetalari maqolalarida, barcha yevropaliklarni cho‘chitib kelayotgan Qizil armiya askarlari aslida kim ekanligini ko‘rsatish maqsadida olib kelganligi ko‘p yillar davomida aytilgan! Bu voqea haqidagi yangi tafsilotlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskayaning shu nomdagi – “101” romanida chop etilgan noyob tadqiqotlari natijasida olingan. “Bir yuz bir o‘zbek qahramonining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan bebaho hissasi, ommaviy qahramonligi butun dunyodagi insonlar xotirasida abadiy saqlanib qoladi!” – deydi ssenariy muallifi Yuliya Medvedovskaya.

    “101” badiiy filmi “O‘zbekkino” MA kompaniyasi tomonidan muvofiqlashtirilgan holda “Uzbekistan Film”, “Omad Film Production”, “DF Service” kompaniyalari hamkorligida tayyorlangan.

    Shuningdek, “O‘zbekkino” MA yangi taqdim etiluvchi filmlardan tashqari davlat va nodavlat telekanallarda vatanimiz kinofondi faxri bo‘lgan “Sen yetim emassan”, “General Sobir Rahimov”, “Farhodning jasorati” va harbiy mavzudagi boshqa filmlar namoyishini ham tayyorladi.

    Reklama huquqi asosida.

    07.05.2020, 15:00   Izoh (0)   79567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ipak yo‘li” AITB Niderlandiyaning FMO banki bilan kredit shartnomasini imzoladi

    07.05.2020, 12:00

    Xitoyning China Mobile va Huawei kompaniyalari dunyodagi “eng baland” 5G tarmog‘ini o‘rnatdi

    06.05.2020, 15:00

    First Development Group’ning savdo ofisi barcha sanitariya me’yorlariga amal qilgan holda, faoliyatini qayta boshladi, qurilish ishlari esa davom etmoqda

    06.05.2020, 09:00

    Hyundai. Biznes va mas’uliyat

    05.05.2020, 15:00

    Makro supermarketlari tarmog‘i o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalarini yo‘lga qo‘ya boshladi!

    05.05.2020, 12:00

    “Turonbank” pandemiya sharoitida birdaniga 3 ta yangi xizmatni joriy qildi

    04.05.2020, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda giyohvandlik laboratoriyasini ochgan ikki o‘qituvchi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 22:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.