O‘zbekistonda 4-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 21 kishiga ko‘payib, 2181 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq 4-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2160 nafarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi, 1370 nafari esa sog‘aygan.
Izoh (0)