O‘zbekistonda 4-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2160 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 3-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2149 nafarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi, 1319 nafari esa sog‘aygan.