• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kosonliklar karantin paytida uyi buzilayotganidan shikoyat qildi

    Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi aholi karantin paytida yashab turgan uyi buzilayotganidan shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, joriy yil 27-aprel kuni hududga buldozer “borgan” va ular yashayotgan uyni buzishga harakat qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Voqealar tafsilotini o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, tumanning Gulbog‘ qishlog‘i hududidagi aholi yashagan noturar joy 2018-yil tadbirkor tomonidan sotib olingan bo‘lib, ayni kunda tadbirkor hududda qurilish ishlarini boshlashni niyat qilgan va aholi bilan muammo kelib chiqqan.

    Aholi yashab kelayotgan maishiy xizmat uyi

    Aholi yashab kelayotgan maishiy xizmat uyi
    Foto: “Daryo”

    “15 yildan beri shu yerda yashab kelamiz. 1987-yil bizni Dehqonobod tumanidan majburlab ko‘chirib kelishgan va hududni o‘zlashtirishimiz aytilgan. O‘tgan 15 yil davomida tuman hokimligi va mas’ul tashkilotlarga murojaat qilib, yashab turgan uyimizga egalik huquqi berilishini so‘radik. Ammo shu paytga qadar hujjat qilib berishmadi. Bugungi kunga kelib esa, 15 yil yashagan uyimizdan haydab chiqarishmoqchi”, — deydi murojaatchi Mahmarajab Sharipov.

    Mahmarajab Sharipov

    Mahmarajab Sharipov
    Foto: “Daryo”

    Uyni buzish harakati boshlangan kun

    Uyni buzish harakati boshlangan kun
    Foto: Mahmarajab Sharipov

    “Karantinda qayerga chiqamiz, kimning uyiga boramiz. Shuncha paytdan beri shu yerda yashab kelgandik. Uyimizga egalik huquqini olamiz deb ancha harakat qildik. Ammo hujjat qilib berishmadi, endi esa hech kim biz haqimizda o‘ylab ko‘rmayapti”, — deydi shu xonadonlarda yashovchi fuqarolardan yana biri Nazokat Jo‘rayeva.

    Nazokat Jo‘rayeva

    Nazokat Jo‘rayeva
    Foto: “Daryo”

    Shikoyatchilarning ma’lum qilishicha, 1987—1988-yillar davomida Dehqonobod tumanining Boyqo‘rg‘on, G‘injak qishloqlarida yashovchi 50-60 ta xonadon vakillari ushbu hududga ko‘chirib kelingan va uy-joy qilib berilgan. Ana shunday xonadonlarning beshtasi uy-joy yo‘qligidan maishiy xizmat uyiga joylashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Shu yerda yashashni boshlagan aholi yillar davomida maishiy xizmat uyi atrofida o‘zboshimchalik bilan turar joylar ham qurgan.

    Foto: “Daryo”

    Koson tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rajabovning 2018-yil murojaatchilarga yozgan javob xatidan anglashilishicha, mazkur maishiy xizmat uyi 1985-yil qurib bitkazilgan bo‘lib, egalik huquqi 2011-yil “Siroj o‘g‘li Behzod” fermer xo‘jaligiga berilgan. 2018-yil 7-sentabr kuni fermer xo‘jaligi rahbari hamda tadbirkor Renat Yusupov kelishuviga ko‘ra bino tadbirkor ixtiyoriga o‘tgan.

    Foto: “Daryo”

    “Men mazkur binoni 2018-yil sotib olganman va shu joydan bolalar bog‘chasi qurish uchun davlatdan kredit oldim. Vaqtim ketyapti. Qurilish qilishim kerak. Shu bois ham maishiy xizmat uyida yashovchi aholiga vaziyatni tushuntirib, chiqib ketishlari lozimligini aytdim. Ammo ular tushunishni istamayapti”, — deydi tadbirkor Renat Yusupov.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 27-aprel kuni tadbirkor yollagan ishchilar va texnika hududdagi eski binolarni surib, qurilish uchun joy ochish harakatiga tushgan. Buni ko‘rgan aholi esa, uyi buzilishidan qo‘rqib, tadbirkorga e’tiroz bildirgan. Qarshilik ko‘rsatgan, hatto tuman hokimligiga qo‘ng‘iroq qilib, mas’ullarni ogohlantirgan.

    Uyni buzish harakati boshlangan kun

    Uyni buzish harakati boshlangan kun
    Foto: Mahmarajab Sharipov

    “Menga qo‘ng‘iroq qilib ‘uyimizni buzishyapti’ deyishgach, barcha ishlarimni tashlab, voqea joyiga yetib keldim. Kelsam, vaziyat aholi vahima qilganchalik emas. To‘g‘ri, tadbirkor qurilish ishlarini boshlayman deb harakatga tushgan. Ammo shunga qaramasdan karantin paytida odamlar yashab turgan uyning buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Tadbirkorga ham tushuntiryapmiz”, — deydi Koson tumani hokimi o‘rinbosari Sobir Eshov.

    Sobir Eshov

    Sobir Eshov
    Foto: “Daryo”

    Hokim o‘rinbosarining ma’lumot berishicha, mazkur muammo besh yildan beri davom etib kelmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Maishiy xizmat uyida yashovchilarga besh yil ilgari vaziyat tushuntirilib, bino shaxsiy mulk ekanligi aytilgan. Hatto uy qurish uchun yer uchastka ham taklif qilingan. Ammo ular ‘uy qurishga qurbimiz yetmaydi’ deb, bu yerdan chiqib ketishni istamayapti”, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari.

    Foto: “Daryo”

    “Tadbirkorning puli bo‘lsa, qarovsiz va tashlandiq yerni obod qilib, bog‘cha qursin. Nega biz yashab turgan joyga yopishadi. Biz ham necha yildirki, umid bilan shu yerda yashab kelyapmiz. Endi qayerga chiqib ketamiz”, — deydi aholi vakillaridan yana biri Fotima Qarshiyeva.

    Maishiy xizmat uyida yashovchi aholining aytishicha, ular ko‘chib kelgan payt uy qarovsiz holatda bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    “Ko‘chib kelganimizdan so‘ng, atrofni obodonlashtirdik. Imkon qadar yashash uchun shart-sharoit yaratdik. Agar o‘sha paytda biz kelib, bu yerga egalik qilmaganimizda bugungi kunga kelib, maishiy xizmat uyining ‘ahvoliga maymunlar yig‘lardi’, talon-toroj bo‘lardi”, — deydi Mahmarajab Sharipov.

    Malika To‘laganova

    Malika To‘laganova
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholi vakillaridan yana biri — Malika To‘laganovaning aytishicha, o‘g‘li Shavkat To‘laganovning shart-sharoiti juda og‘ir. Agar ular yashab turgan uyidan chiqarib yuborilsa, ko‘chada qolishi tayin.

    “Hech kim ko‘chada qolmaydi. Beshta xonadonning ikkitasiga tadbirkorning o‘zi homiylik qilib, uy-joy qilib berishini aytgan. Qolgan uchta oilaga esa yer beramiz. Uy qurib olishadi. Tadbirkor ularga ham sement, shifer kabi qurilish materiallarini beraman degan. Hokimlik yer bersa, tadbirkor qurilish materillarini bersa, uy qurish uchun mehnat qilish qoladi, xolos, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Sobir Eshov.

    Aholi esa mazkur holatdan ham norozi.

    Foto: “Daryo”

    “Qachonki, uyimiz bitib, tayyor holatga kelgach, bu yerni tark etamiz, ungacha bizga zarar berishmasin”, — deydi Malika To‘laganova.

    Aholi vakillari bilan suhbatlashgan hokim o‘rinbosari Sobir Eshov karantin paytida hech kim ularni bezovta qilmasligini yana bir bor ta’kidlab, karantindan so‘ng hokimlik tomonidan beriladigan yerda uy qurish harakatini boshlashi lozimligini tushuntirdi.

    04.05.2020, 14:59   Izoh (0)   35821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiy viloyati koronavirusdan xoli uchinchi hududga aylandi

    04.05.2020, 14:27

    Meteorolog: Sardobada falokat yuz bergan vaqtda kuchli yomg‘ir ham, kuchli shamol ham bo‘lmagan

    04.05.2020, 13:56

    Qozog‘iston rasmiylari Sardobadagi toshqinni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda

    04.05.2020, 13:27

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    04.05.2020, 12:47

    Sirdaryoda evakuatsiya qilingan 6 mingdan ortiq ayollar, bolalar, qariyalar 4-may kuni o‘z uylariga qaytishi kutilmoqda

    04.05.2020, 12:43

    Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi

    04.05.2020, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.