Koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan avval yakunlangan futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining joriy mavsumi sovrindorlari qay tariqa aniqlanishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Liga qaroriga ko‘ra, 28-turga kelib to‘xtab qolgan musobaqaning hozirgi ko‘rinishi yakuniy holat sifatida olingan.

Shu tariqa 27 o‘yinda 68 ochko to‘plagan PSJ Liga 1 musobaqasi 2019/20-yilgi mavsumi chempioni bo‘ldi.

Keyingi ikki o‘rinni egallagan “Marsel” va “Renn” jamoalari parijliklar bilan birgalikda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. “Lill” (4-o‘rin), “Reyms” (5) va “Nitssa” (6) klublari esa Yevropa Ligasida o‘ynaydi. So‘nggi o‘rinlarni olgan “Amyen” va “Tuluza” musobaqani tark etadi.

Ta’kidlash joiz, 7-o‘rinda qolib ketgan “Lion” 1997-yildan beri ilk bor Yevrokuboklarda qatnashmaydi.

Liga 1 musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Foto: Liga 1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!