O‘zbekistonda 29-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 16 kishiga ko‘payib, 1955 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni so‘nggi bor 28-aprel kuni soat 14:00 holatiga ko‘ra 15 nafarga oshib, 1939 nafarga yetgan edi. Shundan beri bemorlar soni o‘zgarishsiz qolayotgan edi.
Qayd etish joiz, 28-aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni (992 nafar) ayni vaqtda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar sonidan (939 nafar) oshib ketdi. 29-aprel soat 10:00 holatida ham sog‘ayganlar soni (hali ham 992 nafar) bemorlar sonidan (955 nafar) ko‘proq.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.
Izoh (0)