Koronavirus pandemiyasi sababli Xitoydan kirib keladigan barcha turdagi pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda 28-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov ma’lum qildi.
Mavzuga doir: “O‘zbekiston pochtasi” koronavirus tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalari kechikib kelishidan ogohlantirdi
“Biroq 2020-yil 27-fevraldan boshlab Xitoy Xalq Respublikasidan faqatgina “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali kirib kelayotgan jo‘natmalarni qabul qilishga ruxsat etilgan”, — dedi u.
Izoh (0)