• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    ATK vazirligi Prezident qarori bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi

    “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “O‘zA” xabar bergan.

    Qarorga ko‘ra quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari etib belgilangan:

    • 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
    • 2020—2021-yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
    • 2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish;
    • dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish;
    • ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish.
    Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanishi, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazishi Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyasini joriy etish bo‘yicha vakolatlar saqlab qolinishi ham belgilab berilgan.

    Vazirlik huzurida elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish hamda elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi tashkil etiladi.

    Yana bir Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat muassasasi esa iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining ta’sirini baholash, ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yo‘nalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

    Shu bilan birga, vazirlik markaziy apparati tuzilmasida agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib va Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinadi.

    Vazir o‘rinbosari lavozimini kiritish va boshqarmalarni tashkil qilish Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.

    Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati tuzilmasi, vazirlik hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlangan.

    Vazirlik, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining takliflari asosida “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini vazirlikka beg‘araz asosda o‘tkazib beriladi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi davlat unitar korxonasining axborot tizimlari va boshqa apparat-dasturiy komplekslarini bir hafta muddatda vazirlik huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasiga beg‘araz asosda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan.

    Shuningdek, qarorda “Elektron hukumat” tizimining arxitekturasi, 2020—2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati, 2020—2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, 2020—2022-yillarda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati, 2020—2021-yillarda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqam ochiladi.

    Jamg‘arma maxsus hisob raqamining daromad manbalari etib quyidagilar belgilangan:

    • mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lov summasining taqsimlanguniga qadar bo‘lgan 35 foizi;
    • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlarning 11,25 foizi, shuningdek, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlardan tushadigan mablag‘larning 0,5 foizi;
    • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
    Abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun to‘lov, mablag‘larning tegishli qismi jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgandan so‘ng, boshqa oluvchilar orasida mablag‘larning qolgan qismidan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda taqsimlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi belgilangan.

    Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan bitta shartnoma doirasida tanlovlarni faqat Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari o‘rtasida o‘tkazish huquqiga egaligi, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishlatiladigan barcha axborot tizimlari va resurslarining idoralararo elektron hamkorligi faqat “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshirilishi ham belgilab qo‘yilgan.

    Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari tomonidan ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) va opsion-shartnomalarni tuzish tartibini belgilash bo‘yicha taklif kiritadi.

    Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasiga yagona integrator bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan, xabardor qilish xarakteridagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga egalik qilish, uni yuritish va boshqarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilangan.

    Loyiha boshqaruvi agentligiga bir oy muddatda tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimining unga tegishli barcha mol-mulk va asbob-uskunalari bilan birgalikda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda topshirilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni faqat pochta aloqa obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish tartibini belgilaydi.

    Vazirlik 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etishi lozim.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 10-mart kuni bir qator sohalarga doir loyihalar bilan tanishgandi.

    29.04.2020, 08:45   Izoh (0)   15763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bojxona qo‘mitasi Xitoydan O‘zbekistonga qanday jo‘natmalar kiritilishiga oydinlik kiritdi

    29.04.2020, 06:22

    Davlat bojxona qo‘mitasi: “Himoya niqoblaridan boshqa mahsulotlarni eksport qilishga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan”

    29.04.2020, 05:12

    Hisor qo‘riqxonasidagi tuzoq kameralar qor qoplonini rasmga olishga muvaffaq bo‘ldi

    29.04.2020, 03:34

    Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida shamol va yomg‘ir sabab gazsiz qolgan 138 mingdan ortiq xonadonga gaz qayta ulab berildi

    29.04.2020, 00:26

    Amudaryodagi hozirgi suv oqimi Qorako‘lda toshqin bo‘lishi uchun zarur ko‘rsatkichdan yetti barobar past ekanligi ma’lum qilindi

    28.04.2020, 23:36

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni aniqlovchi mobil ilova yaratildi

    28.04.2020, 23:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.