O‘zbekistonda 27-aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 17 kishiga ko‘payib, 1904 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1887 taga yetgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 892 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Izoh (0)