• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ronaldo “Old Trafford” olqishini olgan kecha. Chempionlar Ligasini bezagan o‘yinga 17 yil to‘ldi

    Bundan roppa-rosa 17 yil avval, 2003-yil 23-aprel kuni, “Manchester Yunayted” va “Real” ishtirokida Yevropa Chempionlar Ligasining eng yorqin bahslaridan biri bo‘lib o‘tgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yulduzlar jangi

    Ilk uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g‘alaba madridliklarning ustunligini ta’minlab turardi. “Real”ning yulduzli tarkibi 2001/02-yilgi mavsumni ko‘tarinki o‘tkazgan va yozda “Inter”dan Ronaldoni sotib olgandi. Biroq Madriddagi bahsda braziliyalik o‘yinchi emas Raul katta sahnaga chiqadi va dubl qayd etgan holda jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shadi. Biroq Raul javob o‘yinini ko‘richak bo‘lib qolgani sabab o‘tkazib yuboradi.

    Birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Fergyuson o‘yinga jangovar tarkibni tashlaydi. O‘z navbatida “galaktikos” ham yulduzli tarkibi bilan ishtirok etadi.

    “Manchester Yunayted”: Bartez, Braun, Ferdinand, Silvestr, Oshi, Batt, Kin, Veron, Sulsher, Giggz, van Nistelroy.

    “Real Madrid”: Kasilyas, Yerro, Elgera, Salgado, Roberto Karlos, Makalele, Makmanaman, Figu, Zidan, Guti, Ronaldo.

    Asosiy yulduzlar

    Ronaldo: So‘yloq 2002-yilgi Jahon Chempionatida porlagan, sakkizta gol urgan holda Braziliyaning chempionligiga muhim hissa qo‘shgandi. “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yingacha u madridliklar safida Chempionlar Ligasida bor yo‘g‘i ikkita gol urgandi. Raul yo‘qligi sabab “Old Trafford”da asosiy markaziy hujumchi sifatida faqat o‘zi qolgandi.

    Rud van Nistelroy: Niderlanliyalik futbolchi YChL 2001/02-yilgi mavsumida 10 ta gol bilan to‘purarga aylangan, “Real”ga qarshi chorak final bahsiga qadar esa 2002/03-yilgi mavsumda 11 ta to‘p kiritishga ulgurgandi.

    Devid Bekhem: “Arsenal”ga qarshi Kubok bahsidan so‘ng futbolchi va jamoa bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘rtasida o‘sha mashhur janjal sodir bo‘lgandi. Natijada Bekhem zaxirada ko‘p qolib ketar, uning jamoani tark etishi deyarli aniq bo‘lib qolgandi.

    Foto: The Guardian

    Foto: The Guardian

    Ronaldo — fenomen, Bekhem esa betakror

    O‘yin kutilganidek “qizil iblislar”ning bosimi bilan boshlanadi. Dastlabki xavfli vaziyatni maydon egalari uyushtiradi, biroq van Nisteroy imkoniyatdan foydalana olmaydi. Madrid klubi esa dastlabki qarshi hujumni golga aylantiradi. Makmanaman, Figu, Zidan va Gutining tezkor uzatmalaridan keyin Ronaldo qulay vaziyatga chiqib boradi va jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg‘ol qiladi.

    Birinchi bo‘lim oxirida van Nistelroy Ole-Gunnar Sulsherning uzatmasidan so‘ng muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ladi, biroq umumiy hisob hanuz ispan klubi tomonida edi.

    Tanaffusdan keyin Ronaldo jamoasining uzoq davom etgan hujumini aniq zarba bilan yakunlaydi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib “Real” himoyachisi Ivan Elgera o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yadi va o‘yinga yana intriga qaytadi. Ko‘p o‘tmay Figudan to‘pni qabul qilib olgan Ronaldo chamasi 25 metrlardan mukammal zarba yo‘llab, Bartezni dog‘da qoldiradi.

    O‘yin taqdiri deyarli hal bo‘lgach Visente del Boske braziliyalik iqtidor egasini zaxiraga oladi. Shu vaqtda “Old Trafford”ga yig‘ilgan muxlislar o‘rnilaridan turgan holda Ronaldoni olqishlaydi.

    Bu orada Bekhem ham maydonga tushgan va o‘yinning yakuni chiroyli bo‘lishini ta’minlab bergandi. 71-daqiqada Devid jarima zarbasini ideal darajada ijro etadi, Kasilyas qolganlar qatori faqat tomoshabin vazifasini o‘taydi.

    O‘yin yakunlanishi arafasida angliyalik futbolchi dublni rasmiylashtiradi.

    “Manchester Yunayted” uyida irodali g‘alabani qo‘lga kiritadi, biroq qarama-qarshilikdagi umumiy hisob 5:6 bilan yakunlanadi va “Real” yarim final sari yo‘l oladi.

    O‘yindan keyingi fikrlar

    Devid Bekhem: “Ronaldo bizni ko‘mib tashladi. Raul ko‘richak bo‘lib qolgandi, shu tariqa ularning yulduzi o‘yinni o‘ziga oldi. Barcha ishqibozlar o‘rnidan turgan holda uni qarsaklar bilan kuzatdi va unga “Yunayted” futbolchisiga qanday hurmat ko‘rsatilishini ko‘rsatib qo‘ydi. Manchester odamlari futbolni yaxshi tushunadi”.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ronaldo: “Bu kechani hech qachon unutmayman”.

    Visente del Boske: “Istalgan vaqtda o‘yin biror jamoaning ssenariysi ostida kechishi mumkin edi. Muxlislar futbolchilar kabi o‘zini qanday tutish borasida ajoyib namuna ko‘rsatdi. Fantastika”.

    Aleks Fergyuson: “Bunday uchrashuvning ishtirokchisiga aylanish — ulkan rohat. Bu o‘yin orzulardagi futbolni ko‘rsatib berdi”.

    Keyin nima bo‘ldi

    “Desima” va Chempionlar Ligasi g‘olibligi juda yaqin edi, biroq madridliklar yarim finalda “Yuventus” to‘sig‘idan o‘ta olmaydi. Klub Ispaniya chempioniga aylanadi, ammo bu del Boskeni iste’fodan qutqarib qololmaydi. Uning o‘rnini Karlush Keyrush egallaydi. Shuningdek, “Real” yozda tarkibini Bekhem bilan to‘ldiradi.

    2003/04-yilgi mavsum “Real”ga ko‘plab sovrinlarni va’da qilyotgandek ko‘rinadi. Biroq mavsum oxiriga yaqin Ronaldo jarohat oladi. “Qirollik klubi” Ispaniya Kubogi finalida yutqazadi, YChL chorak finalida “Monako”ga imkoniyat boy beriladi, keyin esa ketma-ket beshta mag‘lubiyatdan so‘ng Ispaniya chempionligi “Valensiya”ga sovg‘a qilinadi...

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    23.04.2020, 23:24   Izoh (0)   38782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhimi bunday o‘yinlarda ishtirok etish, uni muhokama qilish emas”. Jonli efirda Abramov va Geynrix o‘rtasida bahs yuzaga keldi

    23.04.2020, 20:59

    Vadim Abramov Osiyo Kubogi—2011 da nima sababdan Odil Ahmedovni markaziy himoyada o‘ynatganini aytdi

    23.04.2020, 18:59

    “Rostov” tarkibi deyarli 20 foizga arzonlashdi. Eng katta pasayish Shomurodovda qayd etildi

    23.04.2020, 16:11

    Ronaldodan Chempionlar Ligasi uchun o‘zgacha qur’a. Braziliyalik qur’a sabab idish-tovoq yuvishga majbur bo‘ldi (video)

    23.04.2020, 15:09

    “Ronaldu hech qachon Messiga o‘xshay olmaydi” — Kassano

    23.04.2020, 14:07

    Mediapro rahbari: “Barselona” Neymarni qo‘lga kirita olmaydi, bu imkonsiz ish

    23.04.2020, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:41

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 305 so‘mgacha tushdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:21

    O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:12

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi qanday suratga olingan?

    Kino | 25 avgust, 15:43

    Ukraina ilk bor yangi “Neptun” raketasini namoyish qildi (video)

    Dunyo | 25 avgust, 15:42

    Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan 17 yoshli bolaning jasadi topildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 15:28

    “Eron AQSHga itoat etmaydi” — Oyatulloh Ali Xomanaiy

    Dunyo | 25 avgust, 15:10

    Janubiy Surxon suv ombori hududida 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.