Rossiyadagi devalvatsiya sabab “Rostov” klubining 22 nafar asosiy tarkib futbolchilari narxi 19,6 foizga tushib ketdi, deya ma’lum qilmoqda Transfermarkt.
Aprel oyi boshida “Rostov” tarkibining narxi 46,97 million yevroni tashkil etgan, pasayishdan so‘ng esa bu miqdor 37,75 millionga tushib qolgan.
Eng katta pasayish O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovda kuzatilgan (-1,3 million yevro). Avvalroq 6,5 million yevroga baholangan Eldorning narxi 8-aprel kuni 5,2 millionga tushgan.
Mavzuga doir: Eldor Shomurodov Rostovdagi karantin, hayotidagi eng muhim shaxs va azaliy orzulari haqida
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)