Qozog‘istonda 21-aprel holatiga ko‘ra, yana 97 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
COVID-19 bilan kasallanish holatlari, asosan, Olmaotada aniqlangan — 62 nafar bemor. Nur-Sulton, G‘arbiy Qozog‘iston, Jambil va Kostanay viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 4 tadan holat qayd etilgan. Chimkent va Qizilo‘rda viloyatlarida esa 2 tadan, Sharqiy Qozog‘iston — 3 ta, Qarag‘anda — 6 ta, Turkiston— 5 ta, Mang‘istovda — 1 ta holat.
Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1949 kishiga yetdi, 19 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 447 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Izoh (0)