• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIV karantin vaqtida stikersiz avtomashinani jarima maydoniga olib ketilishining qonuniyligi haqida ma’lumot berdi

    Ichki ishlar vazirligi koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin cheklovlari joriy qilingan bugungi sharoitda maxsus ruxsatnoma, ya’ni stikersiz avtomobil boshqargan haydovchiga ko‘riladigan ma’muriy choralar, mashinaning jarima maydonchasiga olib ketilishining tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirlik bergan tushuntirishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq respublika hududining sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish va cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish yo‘li bilan ta’minlanishi belgilangan. Yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo bo‘lish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda tegishli hududlarda yoki obyektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilishi mumkin. Cheklovchi tadbirlar (karantin) tushunchasining bevosita mazkur qonunning o‘zida aniq ma’nosi va mazmuni ochib berilgan bo‘lib, u o‘z ichiga xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F–5537-son farmoyishi bilan cheklovchi tadbirlarni (karantin) tezkor tarzda joriy etish va amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tashkil etilgan. Hukumatning 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori 12-bandida maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi belgilangan.

    Maxsus komissiyaning 2020-yil 4-apreldagi qarorida transport vositalarining haydovchilari avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanishiga yo‘l qo‘yilganda, transport vositalari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning amal qilish davrida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab qo‘yilgan.

    Vazirlik axborot xizmatining yozishicha, ayrim fuqarolar va ekspertlar avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanishi bilan bog‘liq masalalar yo‘l harakati qoidalari doirasidagi huquqbuzarlik deb noto‘g‘ri fikr yuritmoqda.

    Ushbu holat yo‘l harakati emas, balki karantin qoidalarini buzish deb asoslanadi. Mazkur talablarni, ya’ni karantin cheklovlarini buzgan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qodeksning 54-moddasida belgilangan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzgan shaxs sifatida javobgarlikka tortiladi.

    Shu munosabat bilan, kodeksning 54-moddasidagi huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzuvchi va ma’muriy ishni mazmunan ko‘rib chiquvchi vakolatli organ bu davlat sanitariya nazorati organlaridir.

    Karantin qoidalarini buzgan shaxslar tomonidan, jumladan, tegishli huquqi mavjud bo‘lmagan taqdirda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlikni davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mazkur avtotransport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi.

    Aks holda, mazkur shaxslar karantin bilan bog‘liq cheklovlarga rioya qilmaslikni davom ettirishi mumkin. Har qanday huquqbuzarlik aniqlangandan so‘ng unga darhol barham berilishi lozim, ya’ni huquqbuzarlik davom ettirilishi to‘liq to‘xtatilishi shart. Avtotransport vositasining harakatlanishi uchun karantin sharoitida asos bo‘lmagan holatda ham ushbu qoida tatbiq etiladi va uning keyingi harakatiga chek qo‘yiladi, bu bilan karantin qoidalariga rioya etish ta’minlanadi.

    Davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan tegishli bayonnomalar bevosita jarima maydonchalarida rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan, chunki har bir postda ushbu organlar mas’ul xodimlari ishtirokini va nazoratini ta’minlashning iloji yo‘q. Yuqoridagi mexanizm esa huquqbuzarlikning bugungi kundagi murakkab epidemiologik sharoitda darhol to‘xtatilishini hamda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlaydi.

    Ma’lumot tariqasida keltirish mumkinki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 287-moddasiga asosan ichki ishlar organlari kodeksning yuqorida ko‘rsatilgan 54-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda huquqbuzarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolatini ham qo‘llashi mumkin.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun ularni vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirish qonuniy hisoblanadi, deyilgan IIV axborotida.

    Mavzuga doir: 

    • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati avtomobillarga stiker berish jarayonini qayta tiklash zarurligini aytdi
    • O‘zbekistonda taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga “dostavka” uchun stiker talab etilmaydigan bo‘ldi
    • Toshkentda maxsus stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    21.04.2020, 09:14   Izoh (0)   33092
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zkomnazorat”: Firibgarlar pensiya va nafaqalarning plastik kartaga o‘tkazilishidan foydalanishi mumkin

    21.04.2020, 08:33

    Andijondagi 28 ta bozorda dezinfeksiya qiluvchi tunnel va sanitariya postlari o‘rnatildi

    21.04.2020, 08:04

    Kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligi aytildi

    21.04.2020, 07:50

    Payariq tuman XTB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.04.2020, 07:05

    Toshkent shahridagi xususiy mehmonxonalarda tashkil qilingan karantin hududlarida kimlar saqlanishi aytildi

    21.04.2020, 06:35

    Mudofaa vazirligi: “Oliy harbiy ta’lim muassasalari imtihonlari muddati karantin tugashiga qarab o‘zgarishi mumkin”

    21.04.2020, 06:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

    Sport | 18 iyun, 10:32

    Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

    Dunyo | 18 iyun, 10:30

    Isroil o‘z fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

    Dunyo | 18 iyun, 10:18

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:56

    Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari

    Salomatlik | 18 iyun, 09:47

    “Isroil biz uchun Eronda ‘qora ishlar’ qilmoqda” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 18 iyun, 09:36

    Toshkentdagi dorixonada 3,5 mlrd so‘mlik dorilar sifatsiz va qalbakilashtirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “River Pleyt” va “Mamelodi”dan g‘alaba, “Inter” Meksika jamoasi bilan durang o‘ynadi (video)

    Sport | 18 iyun, 09:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.