Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Asadov 16-aprel kuni 29 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jamshid Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yili Rossiyada o‘tkazilgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lgan edi.
Mutaxassisning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)