Belarus chempionatining 5-turida “Energetik-BGU” 16-aprel, payshanba kuni “Gorodeya”ni qabul qildi.
Uchrashuvda maydon egalari navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. 35-daqiqada Andrey Sorokin mehmonlarning qarshi hujumini gol bilan yakunladi. Mazkur gol bahsda yagonaligini saqlab qoldi.
Uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev asosiy tarkibda maydonga tushdi va jarohat olgan holda tanaffusdan keyin o‘z o‘rnini yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarovga bo‘shatib berdi.
Shu tariqa, “talabalar” ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni tan olgan holda 9 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda. “Gorodeya” esa ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda peshqadamga aylandi.
Belarus Oliy Ligasi
5-tur bahsi
16-aprel, payshanba
“Energetik-BGU” — “Gorodeya” 0:1
Gol: 0:1 — 35 Sorokin.“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Yudchits, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev (Umarov, 46), Tve, Musaxanyan (Sovpel, 60), Atemeng (Bakich, 46).
“Gorodeya”: Dovgyallo, Pavlyuchek, Usenya, Shestilovskiy, Poznyak, Yoksimovich, Sazonovich, Sorokin (Ignatenko, 87), Yaskovich, Saichich, Arxipov (Bayduk, 63; Shibun, 90).
Ogohlantirish: Yaxshiboyev (40).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)