Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yandeks” O‘zbekistonning yirik shaharlarida aholining izolyatsiyalanish darajasini baholay boshladi. Buning uchun kompaniya tahlilchilari 5 balli shkalaga ega maxsus indeksni shakllantirdi. Ushbu indeks “Yandeks” xaritasining bosh sahifasida ko‘rinadi.

Foto: “Yandeks”

Foto: “Yandeks”

Indeksni hisoblashda O‘zbekistonda “Yandeks” dasturidan foydalanish statistikasi bo‘yicha shaxsi ko‘rsatilmagan ma’lumotlardan foydalaniladi. Ball qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p odamlar izolyatsiyaga amal qilayotganini bildiradi. Biroq ta’kidlanishicha, undan aniq hisob-kitoblar uchun emas, balki vaziyatni taxminiy baholashda ma’lumot sifatida foydalanish mumkin.

“Yandeks” sahifasida respublikaning yirik shaharlari to‘g‘risida ma’lumotni, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona uchun kunlik gistogrammani ko‘rish mumkin. Shuningdek, shaharlar bo‘yicha izolyatsiyalanish darajasini taqqoslash mumkin. Bu haqdagi ma’lumotlar har kuni yangilanib boriladi.

“Yandeks” dasturidan foydalanish statistikasidan ko‘rinishicha, o‘zbekistonliklar taxminan 16-martdan boshlab ko‘chalarga kamroq chiqishni boshlagan. Shu kuni respublikada karantin rejimi e’lon qilingandi.

“Xitoy, Italiya va Janubiy Koreyadan olingan misollar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish koronavirus tarqalishini nazorat qilishda juda samarali ekanligini tasdiqladi. Biz, ‘Yandeks’ jamoasi, barchani uyda qolishga va izolyatsiya rejimiga rioya qilishga chaqiramiz. Uyda bo‘lganda siz o‘zingizni ham, boshqalarni ham himoya qilasiz”, — deyiladi kompaniya sahifasida.

Avvalroq “Yandeks” xaritasi Toshkentning biror-bir ko‘chasida tirbandliklar kuzatilmayotganini ko‘rsatgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda