Daryo

O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov bu savolga javob berdi

1 daqiqa o‘qish482 299 ko‘rishlar0 izoh0

9-aprel, payshanba kuni, AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, qat’iy rejimdagi karantin yana qancha vaqt davom etishi so‘raldi.

“Karantin O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat normallashguncha davom etadi”, — deya javob bergan Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 15-mart kuni qayd etilgan. Shundan so‘ng 16-martdan buyon mamlakatda karantin rejimi joriy etildi. Shu kungacha karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni qariyb 40 ming kishiga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:30 holatiga ko‘ra, 582 kishiga yetdi. Shu paytga qadar uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

Mavzuga doir: Toshkentda 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar