• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy yadro quroliga qanday ega bo‘ldi? 10-aprel — SSSR va Xitoyning yadroviy hamkorligi boshlangan sana

    Ikkinchi jahon urushidan so‘ng butun dunyo boshlanib ketish ehtimoli bo‘lgan Sovuq urushdan tahlikaga tusha boshladi. 1955-yil 10-aprel sovuq urush asnosida AQSh bilan raqobat olib borgan SSSR Xitoy bilan yadro reaktori qurish borasida shartnoma imzolagan sana hisoblanadi. Xitoy yadroviy dasturini boshlab bergan bu voqea sovuq urush yanada keskinlashishiga olib kelgan edi. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev Xitoy hukumatining yadro quroliga ega bo‘lish istagi va unga erishish yo‘lidagi harakatlari haqida hikoya qiladi.

    Har qanday olamshumul urush, pandemiyalar o‘zidan iz qoldirmay qo‘ymaydi. Bu izlar yaxshi yoki yomon ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchi jahon urushi ham nafaqat insonlar, balki millatlar, jamiyatlar tarixida ulkan o‘zgarishlarga debocha bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vaziyatni yuzaga keltirdi, siz va biz yashayotgan bugungi jamiyatning qiyofasini keskin o‘zgartirdi, yangi boshqaruv institutlarining yuzaga kelishiga sharoit yaratdi. Bularning barchasi urushdan so‘ng noma’lum va noaniq bo‘lib turgan siyosiy, iqtisodiy manzarada yuz berdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shunday bir noaniq vaziyatda qolayotgan dunyo hamjamiyati yaxshi kunlar kelishi, tinchlik va omonlik zamoni haqida umid qilayotgan bir vaziyatda Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning AQShdagi Fulton kollejida 5-mart 1946-yil sanasidagi nutqi millionlab insonlarning tinchlik haqidagi umidlarini so‘ndirdi va dunyo ahli endi har lahzada boshlanib ketishi ehtimoli bo‘lgan “Sovuq urush”dan tahlikaga tushdi.

    Xitoy hukumatining yadro quroliga ega bo‘lish istagi

    1949-yil 1-oktabrda tashkil topgan Xitoy Xalq Respublikasi yapon militarizmidan xalos bo‘lgach, mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Mao Szedun yetakchiligidagi Xitoy Kommunistik partiyasi va Chan Kayshi rahbarligidagi Gomindan partiyasi o‘rtasida kechgan qonli to‘qnashuvda Mao Szedun g‘alaba qozondi. Gomindan partiyasi ustidan qozonilgan g‘alabada Mao Szedun Sovet Ittifoqidan minnatdor edi.

    Sovet Ittifoqi birinchilardan bo‘lib Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilinganini tan oldi va Xitoy iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoatini tiklashga birinchilardan bo‘lib yordamga keldi. Xitoy Xalq Respublikasi tuzilgan ilk davrlardan beri Xitoy hukumati oldida zamonaviy harbiy salohiyatga ega bo‘lish asosiy masala bo‘lib turar, Xitoy rahbariyati esa ushbu muammoni iloji boricha tezroq hal qilishdan manfaatdor bo‘lardi.

    Xitoy Xalq Respublikasining mustaqillikka erishgan dastlabki davrlarida hukumat rahbariyatini mamlakat o‘z chegaralarini himoya qilishi uchun zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lgan armiya, shu jumladan, yadro quroliga ega bo‘lishi kerakligi mavzusi qiziqtirib kelardi. Shu maqsadda 1950-yilga kelib Xitoy Xalq Respublikasi yadro quroliga ega bo‘lish haqida milliy dasturlar ustida kerakli kelishuvlarni qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlab yubordi.

    Bu dasturda yadro qurolidan tinch maqsadlarda foydalanish ustuvor yo‘nalish bo‘lsa-da, 1951-yillarning o‘rtalariga borib milliy dasturga maxfiy punktlar kiritiladiki, maxfiy dasturdan yadro qurolini tashuvchi moslamalarga ham egalik qilish haqida bandlar kiritiladi. Xitoy davlatining yadro quroliga ega bo‘lish borasidagi intilishlarida Sovet Ittifoqining ham o‘rni beqiyos. Sovet Ittifoqi Xitoyning yadro quroliga ega bo‘lgan davlat sifatida yuzaga kelishida, Xitoy yadro maktabining ilmiy asosi sifatida muhim ro‘l o‘ynadi.

    Iosif Stalin vafotidan so‘ng Xitoy Sovet Ittifoqiga yadro quroliga ega bo‘lish borasida yordam so‘rab murojaat qiladi. Biroq Sovet Ittifoqining o‘sha paytdagi rahbari Nikita Xrushchyov Xitoyda yadro quroliga ega bo‘lish uchun yetarli darajada ilmiy va iqtisodiy zaxira mavjud emasligini aytib rad etadi, ammo Xitoy agarda xohlasa, yadro qurolidan tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun yordam ko‘rsatishini bildiradi. Mustaqil oyoqqa turib borayotgan Xitoy hukumati oldida kundan kunga o‘z harbiy salohiyatini yadro quroliga ega bo‘lish orqali mustahkamlash fikri kuchayib borar edi.

    Atom quroli — bu amerikalik imperialistlar barchani qo‘rquvda ushlab turishi uchun yaratgan qog‘ozdagi yo‘lbarsdir. Ko‘rinishidan u qo‘rqinchli bo‘lsa-da, aslida, unday emas. Albatta, atom bombasi — ommaviy qirg‘in qurolidir, biroq urushda g‘alabani bir ikkita yangi yaratilgan qurol emas, aksincha, xalq keltiradi.

    Mao Szedun

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos
    1955-yilning 15-yanvar sanasida Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Mao Szedun Xitoy Kommunistik partiyasi bosh yig‘inida Xitoy Sovet Ittifoqi yordamida yoki uning yordamisiz ham atom quroliga ega bo‘lishi kerakligi haqida ma’ruza o‘qiydi. Bu ma’ruzagacha uch oy avval Mao Szedun, uning o‘rinbosari Chju De va Xitoy mudofaa vaziri Pen De Xuay Toskdagi harbiy amaliyotlar davrida Sovet Ittifoqining atom bombasi sinovlarida ishtirok etib keladi.

    1955-yilning 20-yanvarida sovet-xitoy bitimiga muvofiq, Shinjonda geologik tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqotlardan asosiy maqsad mintaqada uran konlarini aniqlash edi. Sovet Ittifoqi uran konlarining hajmini ko‘paytirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yish evaziga Xitoy hukumati ortiqcha uranni Sovet Ittifoqiga berish mas’uliyatini oladi.

    Keyingi yillarda yana bir qator Xitoy va Sovet Ittifoqi o‘rtasida harbiy yordam bitimlari imzolandi. 1956-yilda Xitoy va Sovet Ittifoqi o‘rtasida bir qator fuqaroviy va harbiy mudofaa inshootlarini barpo etish, 1957-yilda Xitoyga sovet raketa texnologiyalarini yetkazib berish, raketa inshootlarini qurishda yordam beradigan harbiy instruktorlarni yetkazib berish haqidagi bitimlar shular jumlasidan.

    1958-yilning erta bahorida Sovet atomshunoslari Xitoyga keldi. Shu tariqa 1960-yilgacha 10 mingdan ortiq sovet atomshunoslari Xitoyda safarda bo‘ldi. Sovet atomshunoslari yordamida Lobnorda yadro bombalari  sinovi uchun poligon yaratildi. Ular, shuningdek, 1958-yilda og‘ir suvda ishlovchi yadro reaktorini barpo etishda ham yordam berdi. Bu orada 10 mingdan ortiq xitoylik olimlar va talabalar Sovet Ittifoqida yadro fizikasi oliygohlarida tahsil oldi, tajriba almashdi.

    Xitoy va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi sovuqchilik: yadro quroliga ega bo‘lishga intilish

    Nikita Xrushchyovning KPSS XX yig‘inida Stalin siyosatining taniqidi, Sovet Ittifoqi belgilagan yo‘l kapitalistik tuzumlar bilan murosa va kelishuv yo‘li orqali birgalikda kun ko‘rishi mumkinligi borasidagi fikrlari Xitoy rahbari Mao Szedun tomonidan keskin kutib olinadi. Mao Szedun Sovet Ittifoqi rahbariyatini Vladimir Lenin g‘oyalariga xiyonat qilganlikda, kommunistik mafkuraga sotqinlikda aybladi.

    Nikita Xrushchyov e’lon qilgan siyosiy dastur revizionist (marksizm tamoyillarini o‘zgartirish, ulardan chekinish) deb e’tirof etiladi va Xitoyda Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashish istagini bildirgan bir qator hukumat rahbarlari, jumladan, Lyu Shaosi, Pen Chjen, Lo Juysin, Lu Dinyi, Yan Shankun, Den Syaopin kabi amaldorlar qatag‘on qilindi yoki surgun etildi. Natijada, Sovet Ittifoqidan Xitoyga yetkazib beriladigan bir qator harbiy salohiyatga aloqador mahsulotlar yetkazib berish kamayib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1959-yilning yozida Xitoy Davlat kengashi raisi Chjou Enlay Xitoy endilikda boshqalarning yordamisiz ham sakkiz yil ichida o‘z atom bombasiga ega bo‘lishi mumkinligi haqida jar soldi. 1960-yildan boshlab minglab Sovet Ittifoqining yadroshunoslari Xitoyni tark etdi. Ammo bu vaqtga kelib Xitoyda allaqachon 6 mingdan ortiq mutaxassis yadroshunos kadrlar tayyorlashga muvaffaq bo‘lingandi.

    1960-yillar boshida Xitoy va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi sovuq munosabatlar fonida Xitoy yadro quroliga ega bo‘lish maslagidan voz kechmagan, Sovet Ittifoqidan yadro bombasini yaratish borasida barcha nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lgan va Yevropadagi davlatlar bilan ham yadroshunoslik borasida aloqalarni yo‘lga qo‘yib ulgurgandi.

    Shu tariqa Xitoy o‘z yadro qurolini muvaffaqiyatli yaratishi uchun 30 yil vaqt talab qilindi. 1966-yilning oktabr oyida Xitoy ilk marotaba o‘z yadro raketasini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazdi. 1967-yilda esa Xitoy hukumati termoyadro bombasini sinab ko‘rdi. 1969-yilda Xitoyda ilk marotaba yerosti yadro sinovi o‘tkazildi. 1980-yilga kelib esa Xitoy qit’alararo raketasini sinovdan o‘tkazdi.

    Xitoy shu tariqa dunyoda yadro quroliga ega bo‘lgan uchinchi mamlakatga aylandi. 1988-yilning sentabr oyida Xitoy hukumati suvosti atom kemasidan ilk raketa parvozlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 1996-yilga kelib Xitoy hukumati yadro qurollari sinovidan vaqtincha voz kechganini e’lon qildi. Bu endilikda yadro qurollari batamom yaratilganini tushunishga yordam berardi.

    Bugungi Xitoy

    Bugun Xitoy rasmiy tarzda e’tirof etilgan yadro quroliga ega besh mamlakatlardan biri. Xitoy, shuningdek, yadro qurolini tarqatmaslik borasidagi kelishuv imzolagan davlatlardan biri bo‘lsa-da, o‘z tasarrufida qancha yadro quroli mavjudligini maxfiy tutib keladi. Shunga qaramasdan Xitoyni quruqlikda, dengizda va havoda to‘la hajmli yadro urushi olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida e’tirof etishadi.

    AQSh Mudofaa vazirligi rasmiy Pentagon hisobotlariga ko‘ra, bugunda Xitoyda 90 dona qit’alar aro ballistik raketa hamda takomillashtirilgan 2019-yil 1-oktabr sanasida Pekindagi harbiy paradda namoyish qilingan “Dunfen-41” raketalari mavjud. Oraliq masofaga uchuvchi raketalar soni esa 80 donani, o‘rta masofaga uchuvchi raketalar soni esa  150-450 dona, yaqin masofaga uchuvchi ballistik raketalar soni esa 750-1500 atrofida ekani hisobotda aytiladi.

    Xitoy bugungi kunda o‘z qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy qurollarni takomillashtirishda davom etmoqda. Pekindagi paradda ovozdanda tezlikka erishuvchi DF-17 o‘rta masofaga uchuvchi raketalarini namoyish qildi va Rossiyadan so‘ng bunday qurolga ega bo‘lgan ikkinchi mamlakat sifatida ko‘rilmoqda.

    The Military Balance nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Xitoy qurolli kuchlari ixtiyorida to‘rt dona atom suvosti kemasi ishga tushirilgan. Xitoy hukumati atom suvosti kemalarini takomillashtirish borasida ham bir qator ilmiy ishlarni boshlab yuborgan.

    Bugungi Xitoy xoh u iqtisodiy soha bo‘lsin, xoh u harbiy soha bo‘lsin, xoh u texnologiyalar bo‘lsin, ancha taraqqiy etgan sanoatga ega. Xitoy bugunda dunyoning yetakchi davlatlariga raqobatlashish borasida o‘rnak bo‘lmoqda va AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi bozorlarini o‘z mahsulotlari bilan egallab olmoqda. Shu o‘rinda Xitoy dohiysining ta’kidlagan so‘zlari yodga tushadi: “Bizning ishimizga aralashishmasin, biz ham ularning ishiga aralashmaymiz, agarda ular bizga daxl qiladigan bo‘lsalar, biz ham qarzdor bo‘lib qolmaymiz”.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    10.04.2020, 20:56   Izoh (0)   150766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24

    Hindiston chegarachilari davlatga noqonuniy kirishga uringan pokistonlikni otib o‘ldirdi

    Dunyo | 25 may, 15:09

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.