Ashraf Hakiming xizmatlariga bir nechta top-klublar qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Mundo Deportivo.
Hakimining transfer huquqi “Real”ga tegishli. U ayni damda “Borussiya D” safida ijara asosida harakat qilmoqda.
21 yoshli himoyachi mavsum so‘ngida “Real”ga qaytishi lozim. Ammo Dortmund klubi ham Hakimini saqlab qolish niyatida.
Shuningdek, futbolchini o‘z safida ko‘rishni “Yuventus”, PSJ, “Bavariya”, “Chelsi”, “Tottenhem” hamda “Arsenal” klublari ham istamoqda.
Ashrafning transferi 60 million yevroga baholanmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)