“Manchester Yunayted” afsonasi Rayan Giggz manchesterliklar klubidagi sobiq sheriklaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi, deya xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.
Sobiq yarim himoyachi tarkibga hozirda “Yuventus”da harakat qilayotgan Krishtianu Ronalduni kiritmadi. Giggz birga to‘p surgan eng yaxshi uch nafar jamoadoshi sifatida Pol Skoulz, Gari Nevill va Roy Kinlarni e’tirof etdi.
Giggzning orzular terma jamoasi quyidagi ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Peter Shmeyxel;
Himoyachilar: Gari Nevill, Rio Ferdinand, Mikael Silvestr, Denis Irvin;
Yarim himoyachilar: Devid Bekhem, Roy Kin, Nikki Batt, Pol Skoulz;
Hujumchilar: Ueyn Runi, Ole-Gunnar Sulsher.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)