• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Tanqidlar, xotirjamlik, Zidanning yordami va Kazemif haqida. “Real”ning 19 yoshli yangi yulduzi Vinisiusning katta intervyusi

    2017-yil 23-mayida “Real” klubi Braziliyaning “Flamengo”sidan Vinisius Junior ismli hali 17 yoshga ham to‘lmagan futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Klub uning uchun 45 million yevro to‘lashi aytildi. Faqat u klubga 18 yoshga to‘lgan vaqtda kelishi ma’lum qilindi. 2018-yil 20-iyunida “Qirollik klubi” futbolchisi sifatida tanishtirilgan Vinisius hech qancha o‘tmay asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Sekin-asta asosiy tarkibda ko‘rinish bera boshlagan futbolchining harakatlari muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ammo futbolchining Ispaniya poytaxtidagi dastlabki mavsumi ko‘ngidagidek kechmadi. “Real” ham o‘sha mavsumda hech bir karomat ko‘rsat olmaganini qayd etish lozim. Zinedin Zidan “Real”ga qaytdi. Eden Azar sotib olindi. Hammasi Vinisius uchun qaytadan boshlandi. 2019-yil noyabriga qadar futbolchiga juda kam o‘yin daqiqalari berildi. Ammo Eden Azarning safdan chiqishi, Vinisiusga yana bir imkon taqdim etdi. U esa bundan unumli foydalanishni boshladi. Hatto “El-Klasiko”da “Barselona” darvozasiga gol ham urdi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab Vinisiusning hali boshlanmagan ertagi noma’lum muddatga to‘xtab qoldi. Bir qancha vaqt muqaddam Esporte Interativo nashri Madrid yetakchisi bo‘lishga intilayotgan yosh yulduzdan intervyu oldi. “Daryo” esa ushbu suhbatni o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Ma’lumot uchun, intervyu olingan vaqtida Amerika Kubogi, Olimpiada o‘yinlari kabi musobaqalar hali qoldirilgan emasdi. 

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    — Amerika Kubogi va Olimpiada o‘yinlari haqida

    “Agar imkoniyati bo‘lsa, ikkala musobaqda ham qatnashgan bo‘lardim... Ammo bu Olimpiadada qatnashishim uchun so‘nggi imkoniyat. Unda qatnashib, g‘olib chiqqan holda terma jamoa tarixida qolmoqchiman”.

    — “Real” uni Olimpiada o‘yinlariga qo‘yib yuboradimi?

    “Bilmadim, bu haqida gaplashganimiz yo‘q. Keyinroq hamma uchun eng yaxshi variantni tanlaymiz”.

    — Madridda birinchi mavsum haqida

    “Juda xotirjam edim: oilam yonimda, faqat klub va o‘yinim haqida o‘ylayman. O‘tgan mavsum men uchun yaxshi o‘tgandi. Boisi ko‘proq maydonga tushdim. Yangi mavsum startida esa o‘yin amaliyoti kamligi sabab qiynaldim. Biroq klub har doim meni qo‘llab-quvvatladi. Shuning uchun ham xotirjamlikni saqlab qoldim. Imkoniyat berilishini bilardim. Muhim o‘yinlar boshlanishi bilan hammaga imkoniyat berilishi tabiiy edi”.

    — Ijaraga berilishi mumkinligi haqida

    “Bunday narsa xayolimga ham kelmagan. Futbolda hamma narsa bir daqiqa ichidayoq o‘zgarib ketishi mumkin. Shu sababdan doim xotirjamlikni saqlab kelaman. Ba’zan klubni o‘zgartirish haqida o‘ylab qolasan, ammo bu ishni mavsum o‘rtasida qilish muammo. Hech qachon “Real”dan ketishni istagan emasman. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan yonma-yon yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun borimni beraman. Boshqa klubga o‘tgandan naf yo‘q. Chunki mashg‘ulotlar va o‘yin darajasi “Real”nikidan pastroq bo‘ladi”.

    — Qiyin vaziyatlarda Zidan bilan munosabatlari haqida

    “Zidan har doim menga ishonch bag‘ishlab turadi. Imkoniyat paydo bo‘lganda xayol har xil keraksiz narsalardan xoli bo‘lishi uchun doim xotirjamlikni saqlab qolish lozimligini aytadi. Meni o‘yinda ekanligimni qayd etadi. Zizu doim yordam beradi.

    — Zidanning ishonchi haqida

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    “Zidan barcha futbolchilarga ishonadi. Agar futbolchi o‘ziga ishonmayotgan bo‘lsa ham buni Zidan o‘zgartiradi. Maydonga har doim bir xil tarkib tushmaydi”.

    — O‘yinlar tahlili haqida

    “Zidan o‘yinlar videotasvirini qo‘yib berib, futbolchilar nimani yaxshi, nimani yomon qilganini va nimalarni yaxshilash kerakligini tushuntiradi. Bunday narsalar ustida ishlayotganimiz juda yaxshi, albatta. Men ham bu orqali o‘zimdagi farqlarni ko‘raman. O‘sayotganligimni, jamoaga yordam berayotganligimni, jamoa esa menga katta ko‘mak ko‘rsatayotganini tushunaman. Joriy mavsum boshqalarga qaraganda juda kam gol o‘tkazyapmiz. Natijalardan ham buni bilsa bo‘ladi”.

    — Kiyim almashtirish xonasidagi qo‘llab-quvvatlov haqida

    “Braziliyaliklar — Marselo, Kazemiro, Militao, Rodrigo... Doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu esa bizga bizga xotirjamlikni saqlab qolishga yordam beradi. Chunki aytganlaridek, bu yerga bo‘lishdan ko‘ra, bu xonada qolish qiyinroq”.

    — “Xetafe”ga qarshi bahsdan so‘ng tanqidlar haqida

    “Yugurish uchun maydon chetiga bordim. 8 marta yugurishni takrorlashim kerak edi. Men esa buni ertaga tongda qilishimni murabbiyga aytdim. Odamlar esa meni mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortganim haqida gapirdi. Ammo men uyda mashg‘ulot o‘tkazgandim. Shuningdek, o‘yindan so‘ng albatta yugurishni amalga oshirish shart emas”.

    — Neymarning Olimpiadada ishtirok etishni xohlayotgani va uning Amerika Kubogida ko‘proq kerakligi haqida

    “Ikkala tarafda ham, umuman, Neymarning har bir o‘yinda yo‘qligi bilinadi. U ikkala musobaqada ham o‘ynashi va jamoaga yordam berishi mumkin”.

    — Neymar va “Oltin to‘p” haqida

    “Neymar dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga munosib. Agar jarohatlar bo‘lmasa va yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, u ko‘plab sovrinlarni yutishi mumkin. U bilan birga to‘p surish ajoyib axir”.

    — Qiyin vaziyatlardagi xarakteri haqida

    “Agar baxtli bo‘lsang, vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar dunyoga kulib boqasan va yana nimanidir o‘rganishni xohlaysan. Bular va oilam yonimdaligi har doim menga yordam bermoqda”.

    — Ulg‘ayotgani haqida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Men “Real”da tajribali futbolchilar, barcha sovrinlarni yutib bo‘lgan afsonalar bilan birga to‘p tepyapman. Ammo ular hamon g‘alaba ishtiyoqini saqlab qolgan va ko‘proq g‘olib bo‘lishni istaydi. Ular men va Rodrigoga yordam beryapti. Rodrigo va Militaoning Madridga kelganiga ko‘p bo‘lgani yoq‘. Biroq ular ham ancha oldin kelganlarga o‘xshaydi. Ular ham jamoaning bir qismi bo‘lib qolish, ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlamoqda”.

    — OAV va Vinisius

    “Qarashlar juda tez o‘zgarishini guvohi bo‘lyapman. Noyabrda mavsumning eng yomon o‘yinchilardan biri edim. Hozir (fevral) esa eng yaxshilaridan biri”.

    — Mashg‘ulotlar haqida

    “O‘z ishingni ko‘ngildagidek bajarishga, mashg‘ulotlarda bor kuchingni sarf etishga bor diqqat-e’tiborni jalb qilish lozim”.

    — Mashg‘ulotlarning o‘yinlardagi yordami haqida

    “Ha, mashg‘ulotlarning yordami biroz tegadi. Ammo ularni o‘yinlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. O‘yin vaqti gol ura olsang, o‘zingga bo‘lgan ishonch juda tez qaytadi”.

    Rodrigo haqida

    “Madrid”da hamma uchun joy bor. Bu murabbiylar uchun ham, futbolchilar uchun ham birdek qiyin. Zidan shu boisdan rotatsiyaga ko‘p qo‘l uradi. Shundan olib qaralsa, hammamizda o‘yin vaqti deyarli teng chiqadi. Rodrigo bilan bir-birimizga yordam beryapmiz. Braziliyadaligimzdayoq do‘st edik. U bilan bu yerda ham terma jamoada ham birga to‘p tepishni istayman”.

    — Azarning jarohatdan tuzalib qaytishi va asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olishi haqida

    “Azarning qaytayotganidan xursandman. Bu esa Zidan yana bir futbolchidan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Biz keyingi o‘yinlarda shunday yuqori darajadagi futbolchi bizga qanchalik kerak bo‘lganini ko‘ramiz. U mavsum so‘ngida bizga katta ko‘mak beradi. Hal qiluvchi pallada barcha futbolchilar o‘z jismoniy holatining cho‘qqisida bo‘lishini istaymiz”.

    — O‘ng qanotdagi o‘yini haqida

    “Bir xil o‘yin ko‘rsata olmayman. Shuning ustida ishlashim kerak. Boisi avval hech qachon o‘ng qanotda o‘ynashimga to‘g‘ri kelmagan. “Real”da esa bu holatga bir necha bor tushdim. Chap qanotda nima qilish kerakligini yaxshi bilaman, o‘ngda esa bu qiyinroq”.

    — “Bernabeu”dagi muxlislar haqida

    “O‘tgan mavsum so‘ngida to‘p kelib tushgach, raqib maydoni tomon harakatlangan vaqtim muxlislarga bu holat yoqib, meni qo‘llab-quvvatlagandi. Ular bu ishni qilib, meni g‘oyatda baxtli qilgan edilar. Men ham ko‘plab gollar urib, “Madrid” bilan ko‘plab sovrinlarni yutgan holda jamoa g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shishni istayman”.

    — Tanqidlar haqida

    “Boshlang‘ich bosqichda ko‘plab gollar urasan. Ammo professional bosqichda gollaring sezilarli darajada kamayadi. Bu oson emas, biroq men endigina 19 yoshdaman. Tajribali futbolchilarning yordami sabab yanada kuchliroq bo‘lib boryapman. Shu jihatdan men Rahim Sterlingga o‘xshayman. U ham mening yoshimda xuddi shunday o‘yin ko‘rsatgandi. Ammo hozir u ko‘plab gollar urmoqda. Hatto o‘tgan mavsumdagidan ham. Vaqti kelsa, gollar ham keladi. Zidan mashg‘ulotlarda men bilan ishlamoqda, hujumni qanday yakunlash borasida yordam bermoqda. Murabbiying sobiq futbolchi bo‘lsa, bu ko‘p narsani anglatadi, maydonda ham, undan tashqarida ham”.

    — Jamoaga yangi kelgan Reyniyer haqida

    “Endi yonimizda braziliyalik yana bir futbolchi bo‘ladi”.

    — Unga maslahatlar

    “Kuchliroq bo‘lish uchun avvalosi Raul boshchiligidagi “Kastilya”dagi o‘yinlariga diqqatini qaratishi lozim. Unda moslashish uchun 4 oy bor”.

    — Braziliya terma jamoasi haqida

    “Terma jamoa ro‘yxatida bo‘lishni xohlayman, orzu qilaman. Rodrigo, Militao va Kazemiro ham”.

    Blits savol-javoblar:

    — “Flamengo”

    “Jamoa ko‘plab sovrinlari yutadi deb umid qilaman”.

    — Mundial yoki Chempionlar Ligasi

    “Ikkalasi ham”.

    — Chempionlar Ligasida penaltini tepish yoki Ramosga berish

    “Ramosga beraman”.

    — Kazemiroga qarshi birga-bir o‘ynash, yoki to‘pni himoya qilish

    “Kazemiroga qarshi birga-bir o‘ynash, faqat mashg‘ulotlarda”

    — Nima qiyinroq: Marselodek to‘pga egalik qilish, yoki mashg‘ulotlardagidek boshqarish

    “To‘pga egalik qilish”

    — Marselo

    “Kumirim”.

    — Kazemiro

    “Kazemif”.

    Foto: “Tribuna.com”

    Foto: “Tribuna.com”

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    08.04.2020, 22:58   Izoh (0)   24453
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” futbolchilar maoshini qisqartirdi. Avvalroq “Barselona” va “Yuventus” ham shunday qilgandi

    08.04.2020, 22:45

    Paolo Maldini va uning o‘g‘li koronavirusdan xalos bo‘ldi

    08.04.2020, 19:48

    “Oltin to‘p”ni faqat Messiga berish kerak” — Filipe Luis

    08.04.2020, 17:32

    Giggz “Manchester Yunayted”dagi sheriklaridan ramziy terma jamoa tuzdi. Unda Ronalduga o‘rin topilmadi

    08.04.2020, 16:18

    Shota Arveladze koronavirus sabab Qozog‘iston orqali Turkiyaga uchib ketgani ma’lum bo‘ldi

    08.04.2020, 15:21

    “Raqamlar aldamaydi. Ular Ronalduning dunyoda eng yaxshi futbolchi ekanligini ko‘rsatmoqda” — Nani

    08.04.2020, 14:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyun, 12:20

    “AQSH zarbalardan hech qanday yutuqqa erishmadi” — Eron oliy rahnamosi (video)

    Dunyo | 27 iyun, 12:03

    Lego kompaniyasi “Maxfiy hujjatlar” seriali asosida yangi to‘plam taqdim etadi

    Qo‘ziqorin | 27 iyun, 11:46

    “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining daromadi endi soliqqa tortilmaydi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 11:41

    Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam

    Reklama | 27 iyun, 10:30

    Tailand kannabis uchun jinoiy javobgarlik joriy qilmoqchi

    Dunyo | 27 iyun, 11:26

    Pagani va Bulgari hamkorlikda olmos bilan bezatilgan giperkar yaratdi

    Layfstayl | 27 iyun, 10:59

    “Isroil bilan urushdan ko‘rilgan zarar jiddiy” — Eron tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 10:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.