Madridning “Real” klubi koronavirus pandemiyasi sabab maoshlarni qisqartirganini ma’lum qildi.
Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyatdagilarning maoshi qisqartiriladi. Yakuniy qaror mavsumning davomi qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni mavsum davom ettirilishi yoki muddatidan avval yakunlanishiga qarab, maoshlar 10—20 foiz oralig‘ida qisqartiriladi.
Mazkur qaror futbol va basketbol asosiy jamoalari uchun amal qiladi. Qayd etilishicha, klubning boshqa xodimlari maoshi kamaytirilmaydi.
Avvalroq “Barselona” va “Atletiko” futbolchilarining maoshi 70 foizga qisqartirilgan edi.
Mavzuga doir: “Yuventus” futbolchi va murabbiylarning 4 oylik maoshini bermaydi. Klub 90 mln yevro tejab qoladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)