“Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze O‘zbekistondan chiqib ketgani va koronavirusdan qanday himoyalanayotgani haqida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, gruziyalik mutaxassis Qozog‘iston orqali Turkiyaga uchib ketgan va hozirda Istanbuldagi uyida izolyatsiyada bo‘lib turibdi.
“Qosimposho” klubida ishlagan vaqtim Istanbuldan uy sotib olgandim. Shu yerda yashayapmiz. Oila a’zolarimning barchasi men bilan. Juda ehtiyot bo‘lyapman, chunki astmam bor.
Bu yerga Qozog‘istondan shaxsiy samolyot orqali yetib kela oldim, chunki muntazam aviareyslarga chipta yo‘q edi. Vaqtimni o‘yinlar tomosha qilish bilan o‘tkazyapman”, — deydi mutaxassis.
Mavzuga doir: Kanchelskis: O‘zbekistonda niqobsiz ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi. Jarima bir oylik maoshga teng
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)