Polshadagi Ostruv-Velkopolskiy shahridan bo‘lgan fuqaro xorijdan qaytib kelib, oila a’zolariga koronavirus yuqtirib qo‘ymaslik uchun o‘zini o‘zi avtomobilida izolyatsiyaladi, deb xabar beradi Motor.
Xorij safaridan Polshaga qaytib kelgan erkak o‘zini yomon his qila boshlagan. Shunda u darhol shifoxonaga yo‘l olib, ko‘rikdan o‘tishga qaror qilgan. Shifokorlar unga bronxit tashxisini qo‘yib, bu kabi alomatlar bilan uni shifoxonaga yotqiza olmasliklarini, koronavirus uchun topshirilgan test natijalarini esa uyda kutishiga to‘g‘ri kelishini bildirgan.
Biroq haydovchi oilasi xavfsizligini ta’minlashning ajoyib yo‘lini topgan: erkak uch kun davomida, natijalar kelguniga qadar mashinasi ichida yashagan. Haydovchida COVID-19 koronavirusi tasdiqlanmagan va u uyiga kirgan.
Bugungi kunga kelib Polshada koronavirus bilan kasallanganlarning soni 1,9 ming kishiga yetgan, 26 kishi vafot etgan.
Izoh (0)