Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarga yetganini ma’lum qildi.
“Infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir nafar fuqaroda aniqlangan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Bundan avval, Sog‘liqni saqlash vazirligi davolanayotgan bemorlar orasida Toshkentdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar borligi, shuningdek, 2 nafar bemor Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir: Moskvadan charter reys orqali Buxoroga kelgan yo‘lovchilarning 4 nafari yuqori tana harorati bilan kasalxonaga yotqizildi
Izoh (0)