Daryo

Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar

Eng asosiysi — shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

1 daqiqa o‘qish1.2M ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusdan saqlanish uchun har bir fuqaro amal qilishi kerak tavsiyalarni e’lon qildi:
  • Chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!
  • Zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!
  • Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!
  • Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!
  • Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan ushlamang!
  • Uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
  • Odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!
  • Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!
  • Ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurilgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!
  • Isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
  • Eng asosiysi — shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
Agarda sizda COVID-19 koronavirusi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mavzuga doir: Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik ayol Parijdan Toshkentga 11-mart kuni kelgan

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar