Ayni paytda uchinchi marta ona bo‘lish arafasida turgan xonanda Lola so‘nggi paytlarda Instagram’dagi sahifasi orqali homiladorlik qanday kechayotgani haqida muxlislariga ma’lumot berib kelmoqda. Xonanda ana shunday postlaridan birida so‘nggi paytda nafas olishga qiynalayotganini yozib qoldirdi.
“Sayr qilishga chiqdim. So‘nggi paytlarda nafas olishim qiyinlashgan. Havo yetishmayapti. Har kuni kechqurun oilaviy sayrga chiqamiz. Men hozir o‘rdakchaga o‘xshab yuryapman. Tashqaridan kulgili tuyuladi. Bandaj taqishni boshladim, chunki kechga borib belimni ololmay qolyapman. Umuman olganda, o‘zimni juda yaxshi his etmoqdaman. Avvalgiga qaraganda ikki baravar ko‘proq suv ichyapman. Qornimda yana tirtiqlar paydo bo‘ldi, lekin men odatga ko‘ra yog‘ surishda davom etmoqdaman”, — deb yozadi Lola.
Avvalroq Lola folloverlariga murojaat qilib, ularni vahima ko‘tarmaslikka, do‘kondan ortiqcha mahsulot xarid qilmaslikka undagan edi. Shuningdek, Lola koronavirus yuqtirmaslik uchun ko‘chaga qanday kiyinib chiqish kerakligi haqida hazilomuz post qoldirgan edi.
Mavzuga doir: Xonanda Lola farzand kutayotganini ma’lum qildi
Izoh (0)