Jamshid Egamberdiyev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
U 2017-yildan buyon “Aloqabank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Jamshid Egamberdiyev 1982-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasini bitirgan. Mutaxassisligi — biznes boshqaruvi.
Bank tizimida 2004-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Izoh (0)