• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dunyoning eng boy kishilari bu kasallikdan qutula olmadimi, unda biz ham tayyor turishimiz kerak”. Kanadadagi o‘zbekistonlik koronavirus haqida

    Bir necha yildan beri oilasi bilan Kanadada istiqomat qilayotgan “Daryo” internet-nashri asoschisi, Telegram’dagi “Zambarakning o‘qi” kanali muallifi Farhod Fayzullayev koronavirus aniqlanganidan so‘ng  kasallik tarqalishining oldini olish uchun Kanadada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, cheklovlar va tavsiyalar haqida “Daryo” uchun maxsus maqola tayyorladi.

    Farhod Fayzullayev.

    Farhod Fayzullayev.
    Surat Farhod Fayzullayevning shaxsiy arxividan olindi

    Koronavirusning kirib kelishi

    Yangiliklarga, jahon va O‘zbekistonda nima bo‘layotganiga qiziqqanim uchun koronavirus haqida dekabrda o‘qigandim, ammo ahamiyat bermadim. JSST virusni e’tiborga molik deb belgilaganidan keyin mavzuni batafsilroq o‘rgana boshladim.

    Kanadaga koronavirus 25-yanvarda kirib keldi. Men Albertada istiqomat qilaman; bu provinsiyada virus birinchi marta 5-mart kuni aniqlandi.

    Kalgari shahri markazi. 2020-yil, 16-fevral.

    Kalgari shahri markazi. 2020-yil, 16-fevral.
    Foto: Farhod Fayzullayev

    Boshida katta o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q. Ha, mutasaddilar choralar ko‘rilishini aytishdi, kasal bo‘lganlar uyda qolishlarini, chet elga chiqqanlar o‘zini-o‘zi karantin qilishini ta’kidlashdi.

    Martning ikkinchi yo uchinchi haftasidan yangiliklar ko‘payib, ish jadallashib ketdi. Bundan buyon holat har kuni o‘zgarib, yangidan-yangi cheklovlar joriy etilaverdi.

    Jamoat joylarining yopilishi

    Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, Kanadada haligacha majburiy karantin yo‘q. O‘zini yomon his qilayotganlar, chet elga chiqqanlar uyida 14 kungacha karantin qilishi so‘raladi, ammo uyida o‘tirmasa, ularga nisbatan jazo yo‘q.

    Kanada federativ davlat bo‘lgani va Konstitutsiyaga ko‘ra sog‘liqni saqlash tizimi provinsiyalar tomonidan yuritiladi. Kanada Jamoat sog‘liqni saqlash agentligi muvofiqlashtiruvchi tashkilot bo‘lib, u provinsiyalarga buyruq berishga haqli emas.

    Shu sababli ham provinsiyalar sog‘liqni saqlash bo‘yicha o‘z siyosatlarini yuritadilar. Koronavirus tufayli Ontario provinsiyasi maktab va bog‘chalarni 13-martdan boshlab yopdi, Alberta esa 16-martdan. Ko‘pchilik provinsiyalarda esa hali maktablar ochiq.

    Maktab va bog‘chalarning belgilanmagan muddatga yopilishi — juda katta o‘zgarish. Albertada maktablar -30, -40 daraja sovuqdayam yopilmaydi. Yarim metr qor yoqqandayam ochiq bo‘ladi. Ko‘nikib ketishgan.

    15-mart kuni bo‘lgan bayonotda Alberta Bosh vrachi maktablar yopilishi haqida bayonot berar ekan, u kasalga chalinganlar sonidan ko‘ra ba’zi yangi kasallanganlar uni provinsiya hududida yuqtirgani bunday qat’iy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lganini aytdi. Shu kungacha kasallik chet eldan kelganlarda aniqlanayotgandi, 15-mart, yakshanba kuni esa chet elga chiqmagan fuqarolarda ham COVID-19 aniqlandi va bu maktablar yopilishiga turtki bo‘ldi.

    Alberta Bosh vrachi Doktor Dina Xinshou.

    Alberta Bosh vrachi Doktor Dina Xinshou.
    Foto: Livewire Calgary
    Provinsiya Bosh vrachi doktor Xinshou so‘zlariga ko‘ra, ish bir—ikki hafta bilan yakunlanmaydi, o‘quvchilar sentabrgacha uyda o‘tirishlari ehtimoli katta.

    Bu bayonotdan so‘ng Kalgari Ta’lim kengashi (GorONO) hamma ota-onalarga imeyl jo‘natdi va robot qo‘ng‘iroq qildi. Katta sinflar darslari internetga joylanadi, kichik sinflar bo‘yicha hali aniq ma’lumot yo‘q. Katta o‘g‘lim maktabidan kelgan maktubda agar o‘quvchida kompyuter bo‘lmasa, maktabdagi kompyuterlarni olib ketish imkoniyati borligi aytilgan.

    Bayonotda maktab o‘qituvchilari ishga chiqishlari, o‘quvchilar uchun masofadan dars o‘tishlari ta’kidlangan. Bundan tashqari aksariyat korxonalarda uydan turib ishlash imkoniyati yo‘q. Bog‘chalar yopilgan bir paytda ishga boradigan ota-onalar farzandlarini kimga topshirishlari haqida boshlari qotgan.

    Koronavirus pandemiyasi haqida Kanada va Alberta hukumatlari alohida saytlar ochishgan. O‘zini yomon his qilgan kishi avvalo 8-1-1 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, hamshira bilan gaplashishi kerak. Simptomlarni o‘rgangandan keyingina hamshira bemorga nima qilish kerakligi, analiz topshirish kerak yo kerak emasligini aytadi. Kalgari va Edmontonda mashinadan tushmasdan analiz topshirish imkoniyati yaratildi.

    Mashinadan turib analiz olish.

    Mashinadan turib analiz olish.
    Foto: CBC
    15-mart tunga yaqin Albertaning eng katta shahri bo‘lmish Kalgarida mahalliy favqulodda holat e’lon qilindi va shahar favqulodda vaziyatlar agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi. Shu bilan birga barcha kutubxonalar, sport majmualari, basseynlar va hokimiyatga qarashli boshqa jamoat joylari noma’lum muddatga yopildi. Hokimiyat o‘z xodimlarini iloji boricha uydan turib ishlashiga sharoit yaratib beradigan bo‘ldi.

    Xususiy kompaniyalar reaksiyasi

    Men kompaniyalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan kompaniyada ishlayman. Kompaniyada 75 kishi ishlaydi, aksariyati yoshlar. Korxona rahbariyati juda shaffof yo‘l tutib, korporativ messenjer orqali virus bilan bog‘liq o‘zgarishlarni yetkazib turdi.

    Farhod Fayzullayevning ish joyi. 2020-yil, 28-fevral.

    Farhod Fayzullayevning ish joyi. 2020-yil, 28-fevral.
    Foto: Farhod Fayzullayev

    Kompaniya martning boshida favqulodda holat rejasini taqdim etdi. Reja uch bosqichga bo‘lingan.

    Birinchi bosqich — xodimlar uyidan ishlashi mumkin. Kasal bo‘lsa, o‘zini yomon his qilsa uyida ishlashga majbur. O‘zi yoki oilasi a’zolari chet elga chiqadigan bo‘lsa, kompaniyaga ma’lumot berishi shart.

    Oshxonada kiloli mahsulotlar endi bo‘lmaydi. Yeryong‘oq, konfetlar shisha idishlarga solib qo‘yilardi. Ana o‘shalar bo‘lmaydi, o‘rniga individual qadoqlangan mahsulotlar keltiriladi.

    Ikkinchi bosqich — agar virus tarqashi kuchaysa. Aksariyat xodimlar uyidan ishlaydi, ofisga tashqaridan mahsulotlar (yegulik, ichimlik, kanselyariya tovarlari) keltirilmaydi. Ofisga mehmonlar kirishi taqiqlanadi. Ko‘pchilik yig‘iladigan uchrashuvlar bekor qilinadi. Chet elga chiqish rag‘batlantirilmaydi.

    Uchinchi bosqich — ijtimoiy izolyatsiya. Ofis yopiladi, komandirovkalarga ruxsat berilmaydi, ijtimoiy kontaktlar minimallashtiriladi.

    13-mart, juma kunidan boshlab kompaniya rejaning ikkinchi bosqichiga o‘tdi. O‘sha kundan buyon uyda ishlayapmiz, ofisda sanoqli odam bor.

    Farhod Fayzullayevning uydagi ish o‘rni.

    Farhod Fayzullayevning uydagi ish o‘rni.
    Foto: Farhod Fayzullayev

    Turmush o‘rtog‘im yangi immigrantlarga Kanadaga o‘rnashishga yordam beradigan tashkilotda ishlaydi. Koronavirus bilan bog‘liq o‘zgarishlar aholining himoyasiz qatlamlariga, shu jumladan yangi immigrantlarga qattiqroq ta’sir qiladi. Shu sababli u haliyam ishga borishga majbur.

    Hozirgi holat

    17-mart holatiga ko‘ra Albertada 56 kishi, Kanadada esa jami 415 kishi COVID-19 bilan kasallangan. Shu kungacha to‘rt kishi kasallikdan vafot etdi. Koronavirus qurbonlarining barchasi qariyalar uyida istiqomat qilgan va sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagan.

    Mening koronavirusga munosabatim o‘tgan hafta jiddiy o‘zgardi. 13-mart, juma kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning ayoli Sofi Tryudo ham ushbu dardga chalingani aniqlandi. Bosh vazir ham karantin qilib, uyidan ishlash haqida bayonot berdi.

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo uyidagi ofisida ishlamoqda. Surat uning 11 yoshli qizi Ella-Greys Tryudo tomonidan olingan.

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo uyidagi ofisida ishlamoqda. Surat uning 11 yoshli qizi Ella-Greys Tryudo tomonidan olingan.
    Foto: Kanada bosh vaziri kanselyariyasi

    Buni eshitib men ancha xavotirga tushdim. Dunyoning eng boy, eng qudratli kishilari bu kasallikdan qutula olmadimi, unda biz, oddiy odamlar ham tayyor turishimiz kerak ekan. Ana o‘sha kuni bozorga tushib, ancha-muncha mahsulotni uyga g‘amlab qo‘ydik, bolalarni sport seksiyalariga olib bormaslikka qaror qildik. Dushanbadan maktab va bog‘chalar ham yopildi, endi uchta tirrancha uyni boshiga ko‘taryapti.

    O‘tgan hafta so‘ngida do‘konlarda navbatlar yuzaga keldi. Butun Alberta bo‘ylab antiseptik gel yoki hojatxona qog‘ozi topish mushkul. Ammo boshqa barcha mahsulotlar bisyor, “defitsit” yo‘q.

    Bir hafta avval ba’zi do‘konlarda ajiotaj bo‘ldi. Hozir hammasi joyida.

    Bir hafta avval ba’zi do‘konlarda ajiotaj bo‘ldi. Hozir hammasi joyida.
    Foto: Facebook

    Uyimizdagi holat

    O‘zimiz yaxshimiz. Qo‘rquv yo‘q, xavotir yo‘q. Xavotir kasallikdan ham emas, balki iqtisodiy ahvoldan. Virus sabab Albertaning asosiy eksporti bo‘lgan neft narxi quladi, Kanada esa 2020-yil retsessiyaga kirishi prognoz qilinyapti. Hozircha ishxonam rahbari hech kim ishdan bo‘shatilmasligi, oyliklar odatdagidek to‘lanishini ta’kidlamoqda, ammo bilib bo‘lmaydi, vaziyat qaltis.

    Bolalar ham sentabrgacha uyda, ularni ham foydali ishlar bilan mashg‘ul qilish, darslarini qildirish kerak.

    O‘zbekiston haqida fikrlar

    O‘zbekistondan g‘amxo‘rlik sezmayapman va kutmayapman ham. O‘zbekistonning oldida katta muammolar turibdi, virus endi kirib keldi. Menga g‘amxo‘rlik kerak emas, kuch mamlakat ichidagi aholiga qaratilishi kerak, deb hisoblayman.

    Koronavirusdan saqlanishning eng effektiv yo‘llaridan biri — ijtimoiy masofalanish (social distancing), ya’ni ommaviy yig‘ilishlardan qochish. Shu sababli ham mamlakatlar maktablarda o‘qishlarni, yig‘ilishlar, konsertlar, bayramlar, parvozlarni taqiqlayapti. Bu borada men O‘zbekiston hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

    Atigi falon kishi kasallandi-ku, grippdan, YTHlar oqibatida bundan-da ko‘p kishilar qurbon bo‘lyapti-ku, deyishyapti skeptiklar. Xitoy, Italiya, Janubiy Koreya, Eron misollarini ko‘radigan bo‘lsak, biz uchun hali hammasi oldinda. Virus tarqalishini sekinlashtirish uchun o‘zbekistonliklarga uyda o‘tirishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Albatta, ishlash kerak, qorin kutib o‘tirmaydi. Ammo to‘ylar, majlislar, gaplar va h.k. nozarur yig‘ilishlarga bormaslik, odamlararo 1 metr masofani saqlash kerak.

    Yana bir gap: kasal ko‘rgani borish haqida hatto o‘ylamang ham.

    Hammamizga O‘zi sabr bersin.

    17.03.2020, 09:14   Izoh (0)   125790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tomoqdagi koronavirusni tuz va sirkali suv bilan yo‘q qilish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

    17.03.2020, 09:04

    Toshkentdagi avtobuslarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda

    17.03.2020, 08:49

    Karantin sharoitida ish beruvchi qanday majburiyatlarni bajarishi kerak?

    17.03.2020, 08:19

    Uzbekistan Airways 17-mart kuni Moskvadan Toshkentga charter reysni amalga oshiradi

    17.03.2020, 08:05

    Aripov va Mishustin telefon orqali muloqot qildi. Rossiya 18-martdan 1-mayga qadar xorijliklar uchun o‘z chegaralarini yopadi

    17.03.2020, 06:45

    “Shaftoli o‘g‘irligi”da ayblanib, 7 yilga qamalgan samarqandlik talabaning onasi Prezidentga murojaat qildi. U o‘g‘li nohaq qamalganini aytmoqda

    17.03.2020, 06:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.