Futbol bo‘yicha Chexiya va Niderlandiya chempionatlari koronavirus tufayli vaqtincha to‘xtatildi.
Chexiya hukumati 30 dan ortiq kishi ishtirok etadigan tadbirlarni man qildi. Shu sababli Chexiyada ko‘plab tadbirlar qatori sport bellashuvlari ham qoldirilgan. Chexiyada ayni damda 91 kishi virus bilan zararlangan, hozircha qurbonlar yo‘q.
Niderlandiyada ham futbol chempionati kamida 31-martga qadar qoldirilgan. Hukumat shu qarorga kelgan.
Mamlakatda COVID-19 virusiga chalinganlar soni 503 nafarni tashkil etmoqda, 5 kishi vafot etgan.
Mavzuga doir: Koronavirus va sport: bekor qilinayotgan musobaqalar, virusni yuqtirgan “Yuventus” himoyachisi haqida so‘nggi ma’lumotlar
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)